Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish
Download 253.74 Kb. Pdf ko'rish
|
4-bob (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi
149 4-BOB. BOSHQARUV HISOBIDA XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA BYUDJETLASHTIRISH 1-§. Rejalashtirish asoslari va dasturi. 2-§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish. 3-§. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi. 4-§. Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari. 5-§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi. 6-§. Pul mablag‘lari byudjeti. 7-§. Sotish hajmini rejalashtirish. 8. a) illyustrativ misol b) o‘z-o‘zini tekshirish bo‘yicha savollar (test savollari) v) muammolar va vazifalar g) vaziyatli masalalar Mavzuning maqsadi Ushbu mavzuda boshqaruv jarayonining asosiy funksiyasi bo‘lgan rejalashtirish va boshqaruv nazoratini o‘rnatishda (ta’minlash) muhim bo‘lgan rejalashtirish jarayoning asosiy ikki tamoyili to‘g‘risida fikr yuritiladi. Birinchisi - qabul qilingan strategiyani amalga oshirish uchun mo‘ljallanayotgan o‘rta va uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar tayyorlash. Ikkinchisi - tegishli byudjet (smeta)larni ishlab chiqish. Sababi, har bir reja asosli bo‘lishi, u amalga oshishi uchun bo‘lsa, real iqtisodiy ta’minoti belgilangan bo‘lishi shart. Shundagina boshqaruv qarorlari asosli, maqsadli va amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Tegishli byudjetlarni tuzish muhim vazifa bo‘lganligi uchun, mavzuda e’tibor shu byudjet turlarini tuzishga ham qaratiladi. 150 1-§. Rejalashtirish asoslari va dasturi Mamlakat iqtisodining bozor munosabatlariga o‘tishi bilan mikro va makro darajalarda rejalashtirishning o‘rni pasaymaydi, balki yanada oshadi. Xususan, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvi jarayonida nazorat qanchalik muhim hisoblansa, rejalashtirish ham undan kam bo‘lmagan muhim funksiyani bajaradi. Umumiy holda, rejalashtirish deyilganda – kelgusida aniq bir ishlarni bajarish uchun sodir etiladigan xarakatlarni oldindan belgilab- aniqlab olish tushuniladi. Rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida rejalashtirishning bir necha turlaridan foydalanishlari kuzatiladi. Rejalashtirishning bir necha turlarga bo‘linishidagi asosiy mezon – bu vaqt ko‘rsatkichidir. Shu nuqtayi nazardan xulosa qilish mumkinki, rejalashtirish borasidagi asosiy maqsad – bu uzoq muddatlarga mo‘ljallangan muhim harakatlar yo‘nalishini oldindan belgilab olishdir. Shu bilan birgalikda alohida qayd qilish lozimki, rejalashtirish jarayonida ikkita muhim bo‘lgan tadbirlar bor. Bular: 1. Dasturlar ishlab chiqish; 2. Tegishli byudjetlarni shakllantirish. Rejalashtirish natijasida ko‘zda tutilayotgan uzoq muddatli strategik maqsadga erishish uchun bir necha dasturlar ishlab chiqiladi. Masalan, stol va stullar ishlab chiqarish va kelgusida uni yuqori miqdorda foyda olib sotish maqsadi belgilanishida, quyidagi dasturlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir: ishlab chiqarishning uskuna va materiallar bilan ta’minoti dasturi; ishlab chiqarishning malakali ishchi kuchi bilan ta’minoti; ishlab chiqilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishning optimal dasturi va sh.k. Ana shu har bir dastur ishlashi, ya’ni dastur doirasida belgilangan tadbirlar bajarilishi ma’lum miqdordagi mablag‘ bilan ta’minlanishni ta’lab qiladi. Shunga muvofiq, dasturlar bo‘yicha tegishli byudjetlarni ishlab chiqish va shakllantirish – rejalashtirishdagi muhim bir omildir. 151 Dasturlar tuzish, yuqorida qayd qilinganidek rejalashtirish jaryonining muhim detallashgan qismlari hisoblanadi. An’anaviy tarzda byudjet ikki qismdan iborat bo‘lib, uning dastlab daromad qismi shakllanishi ta’minlanadi, so‘ngra shakllangan REJALAR QUYIDAGICHA KLASSIFIKATSIYA (TASNIF) QILINADI: 1. Joriy 2. Ma’muriy 3. Strategik (operativ) rejalar (administrativ) rejalar rejalar • bu xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan taktik rejalar • bular kvartallik va yillik byudjetlar ko‘rinishidagi qisqa muddatli rejalar (ishlab chiqarish rejasi; umum ishlab chiqarish xarajatlari rejasi; moddiy texnika ta’minoti rejasi va sh.k.) • bu tashkiliy tuzilmani saqlash va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan taktik rejalar; • bu har yili qayta ko‘rib chiqiladigan va albatta tegishli o‘zgartirishlar kiritiladigan yillik rejalar; • bu rejaning asosiy maqsadi, ko‘zda tutilayotgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun qanday tarzdagi va sondagi tashkiliy tuzilmani tuzish lozimligini aniqlab olish. * bu biznes yo‘nalishini aniqlab olish va tashkiliy tuzulmani belgilash bo‘yicha tuziladigan bosh rejalar * bu rejalar alohida ehtiyoj bo‘lmasa qayta tuzilmaydi (yangi texnologiyalarni joriy qilish; yangi bozor va xaridorlarini jalb qilish va h.k.) 152 mablag‘larning xarajat qilinish moddalari belgilanadi. Dasturlar bo‘yicha tegishli byudjetlarni tuzish xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida boshqaruvning bir tizim asosiga solinishini ta’minlab qolmasdan, kelgusida operativ tarzda har bir dastur bajarilishini kuzatish, tegishli o‘zgarishlarni zudlik bilan kiritish, chetlanishlarni aniq hisoblash, turli omillar ta’sirini hisoblash, taqqoslama tahlillar qilish va umuman olganda, ongli tarzda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarida boshqaruv madaniyati shakllanishini ta’minlaydi. ! Dasturlar tuzish - bu strategik rejalarni amalga oshirishdagi ikkinchi bosqich - vositachidir. Dasturlar – xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z rejalariga erishish maqsadida amalga oshirishni mo‘ljallashtirgan tadbirlari yig‘indisidir Masalan: va sh.k • ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash dasturi • atrof-muhitni himoya qilish dasturi • • texnologik jarayonlarni takomillashtirish dasturi • • ilmiy tekshirish ishlarini joriy qilish dasturi • • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash dasturi 153 Ammo, ta’kidlash joizki, rejalashtirilgan maqsadga erishish borasidagi belgilangan tadbirlar bo‘yicha dasturlar tuzish amaliyotiga barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham yetarlicha e’tibor qilinmaydi. Ba’zi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bunga zaruriyat sezilmasa, b’zi birlarida esa ana shu xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari uchun tegishli iqtisodiy bilimlarning yetishmasligi, xuddi shuningdek xafsalasizlik va yana bir qator omillar sababchi bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, dasturlar tuziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barchasida ham bu jarayonga jiddiy yondashilgan, dasturlar bekami-ko‘st tuzilgan, uning bajarilish vaqti aniq va real belgilangan deb bo‘lmaydi. Aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, juda ko‘p xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tegishli dasturlar tuzish jarayoniga juda ham e’tiborsiz qaraladi. O‘z biznesining taraqqiyotidan umidvor bo‘lgan, uning kelajakda kengayishini astoydil xohlagan biznes xodimlari uchun, ular dasturlash jarayonida e’tiborga olishlari lozim bo‘lgan quyidagi tadbirlar ketma- ketligini taklif qilamiz. Download 253.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling