Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
4-bob (3)

T.r 
Ko‘rsatkichlar 
Haqiqiy 
bajaril- 
gani 
Haqiqiy 
bajarilganga 
moslashtirilgan 
byudjet 
Haqiqiy byud- 
jetning mos- 
lashtirilgandan 
chetlanishi 
 

Tushum 
235000 
245000 
+10000

Ishlab chiqarish xarajatlari 
145000 
150000 
+5000

Marjinal daromad 
90000 
95000 
+5000

Davr xarajatlari 
50000 
51000 
+1000

Operatsion foyda 
40000 
44000 
+4000
Xo‘jalik yurituvchi subyektda moslashuvchan byudjetlar tuzish
xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo‘yicha 
tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni 
rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon 
yaratadi. O‘zgarishlarga ta’sir qilgan har bir ko‘rsatkichning ta’sir 
darajasini hisoblashga zamin yaratadi. 
 
5-§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi 
Ishlab chiqarish dasturini tuzish xo‘jalik yurituvchi subyekt 
faoliyatini byudjetlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish dasturi mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, 
ish bajarish) va sotishning istalga muddatga, odatda yillik hajmi, 
nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talabi asosida sifat va 
muddatni tavsiflovchi kompleks rejani o‘zida namoyon etadi. 
Ishlab chiqarish dasturini tuzish jarayonida dastavval xaridorlarning 
talablari asosida ishlab chiqarilgan tovarlarga bo‘lgan bozor ehtiyoji 
o‘rganiladi. Buning uchun tuzilgan shartnomalar va buyurtmalarning 


176 
mavjud portfeli, shuningdek, mahsulot (ish, xizmat)larning taklif 
qilinishi mumkin bo‘lgan hajmi xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab 
chiqarish dasturining asosini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish dasturini tuzishda turli usullar: darajali taxminlash, 
vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar 
turlarini diversifikatsiyalash (kengaytirish) qo‘llaniladi. 
Darajali taxminlash ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotish va ana shu 
jarayondan olinishi kutilayotgan foyda hajmini uchta: maksimal, 
ehtimol, minimal nuqtalari bo‘yicha avvaldan rejalashtirishni nazarda 
tutadi. 
Vaziyatli rejalashtirish xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish 
dasturini ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor 
sharoitlarida uni amalga oshirishda ham bir qancha qulayliklar 
tug‘diradi. 
Faoliyat turi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish dasturini tuzish, uch bosqichda 
amalga oshiriladi: 
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyatini o‘zida 
jamlagan yillik ishlab chiqarish rejasini tuzish. 
2. Rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun ustuvor maqsadlarni 
aniqlash. 
3. Yillik ishlab chiqarish rejasini xo‘jalik yurituvchi subyektning 
alohida segmentlari yoki ishtirokchilari, ya’ni bajarish uchun mas’ullar 
bo‘yicha taqsimlash. 
Odatda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar amaliyotda ishlab 
chiqarish dasturini rejalashtirishning «quyidan yuqoriga» yoki 
nomarkazlashtirilgan holda, «yuqoridan quyiga» yoki markazlashtirilgan 
holda va takroran rejalashtirish ko‘rinishlari qo‘llaniladi. 
Ishlab chiqarish dasturini shakllantirishda quyidan yuqoriga 
rejalashtirish yondashuvining qo‘llanilishi shuni anglatadiki, bunda 
ishlab chiqarish rejasi boshqarishning quyi darajasida ya’ni xo‘jalik 
yurituvchi subyekt segmentlari va funksional xizmatlari bo‘yicha tuzilib 


177 
borib, oxirida butun subyekt bo‘yicha umumlashgan yaxlit bir hujjat 
shakliga keltiriladi.
Ishlab chiqarish dasturini tuzish jarayoni yuqoridan quyiga 
rejalashtirish tamoyiliga asoslanganda esa, rejalar butun xo‘jalik 
yurituvchi subyekt bo‘yicha ishlab chiqiladi va bo‘linmalar uchun tezkor 
rejalashtirish asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Takroran rejalashtirish xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan 
barcha segmentlar va funksional xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro uzviy 
hamkorlikni e’tiborga oladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning segmentlari bo‘yicha yillik 
ishlab chiqarish hajmini aniqlash - mahsulot birligini mos taxminiy 
bozor baholariga ko‘paytirish orqali quyidagi formula bilan 
hisoblanadi
1

0
p
y
m
m
m
p
p
y
y
i
i
i
M
M B
M B
M B
=
+
+



bu yerda: 
M
0
- xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy ishlab chiqarish 
dasturi, p.b.da; 
M
m
, M
p
, M
y

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling