Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish
Download 253.74 Kb. Pdf ko'rish
|
4-bob (3)
- mahsulot (ish va xizmat)larning yillik hajmi, donada;
B t B r , B u - mahsulot (ish va xizmat)lar birliklarining taxminiy bozor baholari, p.b./donada; p,r,u- mahsulot (ish va xizmat)larning nomenklaturasi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish mahsulot sotish rejasini tuzishdan boshlanadi. Unda har bir mahsulot, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining kelgusi davrida amalga oshiriladigan ishlari miqdori va bajaradigan xizmatlari hajmi ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmat, bajariladigan ish) bozorga bir maromda yetkazib berilganda rejalashtirilgan muddatda sotishlar hajmini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 178 bu yerda: - mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi; - tovarlarni o‘rtacha bir kunda sotish miqdori; - sotishning rejalashtiriladigan davri (kun, oy, kvartal, yil). Sotishlarning rejalashtiriladigan hajmini bozor segmentlari bo‘yicha quyidagi shaklda shartli misollar yordamida ifodalash mumkin (jadval). Xo‘jalik yurituvchi subyektning bozor segmentlari bo‘yicha rejalashtirilayotgan savdosi hajmi Bozor segmentlari O‘lchov birligi Yil choraklari Yillik hajm I II III IV A mahsulot bo‘yicha: “X” xaridor tonna 200 300 350 250 1100 “U” xaridor tonna 150 200 250 200 800 va h.k. - - - - - - Jami: tonna 700 800 1000 1000 2500 V mahsulot bo‘yicha: “X” xaridor tonna 100 150 150 150 550 “D” xaridor tonna 1100 1200 1200 1200 4700 va h.k. Jami tonna 3300 3700 4500 5000 16500 Hammasi tonna 4000 4500 5500 6000 19000 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish dasturini tuzishda ma’lumotlarning shu tarzda shakllantirilishi sotilishi rejalashtirilayotgan mahsulot turlari bo‘yicha nafaqat ular bo‘yicha 1 Амалий бошқарувҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К.Ибрагимов, Б.А.Хасанов, Н.К.Ризаев – Т.: “Молия”, 2014. – 404 б, 227 б. 179 bozordagi umumiy hajmni nazorat qilish, balkim, shu tovarning xaridorlari bo‘yicha o‘zgarishini ham hisobga olib borish, kuzatish va shunga muvofiq tarzda o‘zgartirishlar kiritish imkonini yaratadi. Xususan, jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki X va Y iste’molchilar talabi yilning to‘rtinchi choragigacha o‘sib borgan, keyin esa kamaygan. Shuningdek, V tovarga bo‘lgan talab birinchi chorakdan keyin X va D xaridorlarda o‘sgan va yilning oxirigacha bir tekisda bo‘lgan, ya’ni o‘zgarmasdan qolgan. Bu holat xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga bozordagi talabning stabil darajada ekanligini ko‘rsatadi. Bu kabi holatlarni chuqur tahlil qilish kelgusida sotish rejasini tuzishda yuqori samara beradi. Mavsumiy tebranishlarga xos beqaror ishlab chiqarishda sotishlar rejasi, odatda, har oyga tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulot sotishining yillik rejasiga tovarlar va xizmatlarning quyidagi turlari kiritiladi: ichki bozorda mahsulot sotish hajmi, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar hajmi, tovarlarning eksportga jo‘natish hajmi, tayyor mahsulot zaxiralari, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlar va xizmatlar miqdori va h.k. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot turlari bo‘yicha bozordagi ulushini baholashda quyidagi ko‘rinishdagi jadvaldan foydalaniladi. Jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida bozor sig‘imi va unda xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulotlari hissasini aks ettirishini kuzatish mumkin. Unga asoslanib, har bir tovar guruhi bo‘yicha kelgusida ishlab chiqarish hajmining optimal miqdorini belgilab olib, sotishlar hajmi imkoniyatlari taxminlashtiriladi, aniq bo‘lgan ishlab chiqarish va sotish hajmlari moddiy va qiymat ko‘rinishida dasturda ifodasini topish uchun taqdim qilinadi. Download 253.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling