Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-bob (3)

Mehnat xarajatlari byudjeti. Bu byudjet ishlab chiqarilgan 
mahsulot yoki xizmatlar sonini har bir mahsulot birligiga soatlarda 
sarflangan mehnat normasiga ko‘paytirish orqali topilib, rejalashtirilgan 
ishlab chiqarish hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan kerakli ish vaqtini 
soatlarda belgilab beradi. Shu yoki alohida boshqa hujjatda zarur 
bo‘lgan ish vaqtini soatbay ish haqiga ko‘paytirish orqali pul 
ko‘rinishidagi mehnat xarajatlari aniqlanadi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari. Bu byudjet xomashyo va ish 
haqi xarajatlaridan farqli ravishda kutilayotgan ishlab chiqarish 
xarajatlari rejasi ko‘rinishida bo‘ladi. Bu byudjet quyidagi ikki maqsadni 
ko‘zlaydi: 
1. 
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha menejerlar 
tomonidan tuzilgan barcha umumishlab chiqarish xarajatlari 
byudjetlarini birlashtirish
2. 
Ushbu ma’lumot yig‘ilganidan so‘ng, hisobot davrida 
yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar me’yorini hisoblash hamda kelgusida 
ishlab chiqarishi mo‘ljallanayotgan mahsulot birligi bo‘yicha ularni 
taqsimlash yoki boshqa ixtiyoriy olingan har qanday xarajat obyektlari 
bo‘yicha tannarxni hisoblash imkonini beradi.
Umumiy va boshqaruv xarajatlari byudjeti. Bu byudjet ishlab 
chiqarish va sotuv xarajatlaridan farqli ravishda tegishli bandlarga 
ajratilgan joriy operatsion xarajatlar rejasi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning kelgusidagi umumiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga 
xizmat qiladi. Bu byudjetning ishlab chiqilishi pul mablag‘lari byudjetini 


167 
tayyorlashda va uni nazorat qilishda ishlatiladigan ma’lumotni 
aniqlashda yordam beradi. Shuningdek, bu ma’lumot rejalashtirilgan 
davr uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijasini 
aniqlash uchun ham ishlatiladi. Bu byudjetning aksariyat bandlari 
doimiy xarajatlardan iborat.
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi kutilayotgan hisobot. 
Tayyorlangan davriy byudjetlarga asoslanib xo‘jalik yurituvchi 
subyektning bosh menejeri yoki byudjetni tuzish bo‘yicha mutaxassis 
xomashyo va materiallar, mehnat sarfi va umumishlab chiqarish 
xarajatlari byudjetlaridan foydalangan holda sotilgan mahsulot tannarxi 
istiqbolini ishlab chiqishni boshlashi mumkin. Daromadlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi. Kutilayotgan daromadlar va 
mahsulot sotish tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanib hamda 
ularga tijorat, umumiy va boshqaruv xarajatlaridan olingan 
ma’lumotlarni qo‘shib, foyda va zararlar to‘g‘risidagi kutilayotgan 
hisobotni ishlab chiqish mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu hisobotni tuzish 
operativ byudjetni ishlab chiqishda eng yakuniy qadam hisoblanadi. 
Moliyaviy byudjet. 
Moliyaviy byudjet bu moliyaviy 
mablag‘larning kutilayotgan manbalari va ulardan kelgusi davrda 
foydalanish yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiruvchi rejadir. Moliyaviy 
byudjet foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot byudjeti bilan birgalikda 
kapital xarajatlar byudjeti, xo‘jalik yurituvchi subyektning pul 
mablag‘lari byudjeti va ularning asosida tuzilgan buxgalteriya balansi va 
pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga 
qamrab oladi.
Kapital xarajatlar byudjeti. Kapital quyilmalar ehtiyojini aniqlash 
va ular uchun investitsion resurslarni jalb qilish boshqaruv hisobining 
kompleks vazifasi hisoblanadi. Bunday qaror qabul qilish uchun 
tanlangan mezon asosida investitsion rentabellikni aniqlash bilan bog‘liq 
qanday uzoq muddatli aktivlarni sotib olish yoki qurish masalasini hal 


168 
qilish muammosi mavjud. Uzoq muddatli kapital quyilmalarga oid 
ma’lumot sotib olish yoki qurilish xarajatlariga, shuningdek, kreditlar 
uchun foiz to‘loviga, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotga, 
kutilayotgan buxgalteriya balansiga, asosiy vositalar va boshqa uzoq 
muddatli aktivlar hisob raqamidagi qoldiqni o‘zgartirib, pul mablag‘lari 
byudjetiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu borada kapital xarajatlar bo‘yicha 
barcha qarorlar rejalashtirilishi va umumiy byudjetga kiritilishi lozim.
Barcha joriy byudjetlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Kutilayotgan sotuv byudjetni tuzish jarayonida dastlabki qadam 
hisoblanadi. Undan keyin tijorat xarajatlari byudjeti ishlab chiqiladi. 
Shuningdek, xomashyo materiallarini xarid qilish va undan foydalanish 
byudjeti, mehnat byudjeti va umumishlab chiqarish byudjetlari asosida 
tuziladigan ishlab chiqarish byudjeti kutilayotgan sotuv hajmiga bog‘liq. 
Ko‘p hollarda umumiy va boshqaruv xarajatlari hamda kapital 
quyilmalar byudjeti boshqaruvning yuqori darajalari qabul qilinadi. 
Lekin bu ma’lumotning asosiy qismi xo‘jalik yurituvchi subyektning 
bo‘linmalari darajasida qayta ishlanadi va davriy byudjetga qo‘shiladi.
Pul mablag‘lari byudjeti. Bu byudjet xo‘jalik yurituvchi 
subyektning umumiy faoliyatini rejalashtirish jarayonida eng asosiy 
byudjetlardan biri hisobalanadi.
Kutilayotgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot. Umumiy 
byudjetni tayyorlashdagi yakuniy qadam kutilayotgan moliyaviy holat 
yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun buxgalteriya balansi loyihasini 
ishlab chiqish hisoblanadi.
Pul mablag‘lari byudjeti tayyorlangandan so‘ng, byudjet davri 
yakuni bo‘yicha kutilayotgan pul mablag‘lari qoldig‘i to‘g‘risidagi 
ma’lumotga ega bo‘lib va sof foyda hamda zarur bo‘lgan kapital 
quyilmalari summasini aniqlagan holda asosiy byudjet tuzish 
jarayonining yakuniy mahsuli bo‘lgan kutilayotgan buxgalteriya 
balansini tayyorlash imkoniyati tug‘iladi.


169 
Aynan shu nuqtada boshqaruv taklif etilayotgan umumiy byudjetni 
qabul qilish yoki ushbu rejani o‘zgartirish hamda byudjetning ayrim 
qismarini qayta ko‘rib chiqish borasidagi yakuniy qarorga kelishi lozim. 
Byudjetning bajarilishi bo‘yicha barcha ma’suliyatni ushbu 
byudjetni tuzish bo‘yicha ijrochi, ya’ni buxgalter o‘z zimmasiga oladi. 
Rivojlangan bozor iqtisodiga ega mamlakatlarda bu masalani bevosita 
moliyaviy menedjer bajaradi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga 
oshirilishi ikkita muhim holatni keltirib chiqaradi. 
Birinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mas’ul 
shaxslari tomonidan o‘z maqsadlarini aniq bilishi va kutilayotgan 
holatlar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun sharoit 
yaratiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga jalb etilgan har bir 
xodim ulardan nima kutilayotganligini bilishlari, o‘z maqsadlariga 
qanday erishishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatmalarga ega bo‘lishlari 
zarur.
Ikkinchidan, rahbariyat tomonidan ana shu byudjet 
ko‘rsatkichlarining bajarilishi asosida xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va 
moddiy rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilishi kerak. Byudjetni tuzish 
jarayoni qanchalik qiyin bo‘lmasin, u faqatgina yuqori turgan rahbar 
yakuniy natijaga erishishga haqiqatdan ham qiziqsa, o‘rta va past 
darajadagi rahbarlar bunga ishonch hosil qilsagina hamda barcha 
bajarilgan ishlar uchun rag‘batlantirish tizimi kiritilsa bu narsa amalga 
oshishi mumkin.
Byudjetning bajarilishini baholash amalda erishilgan natijalarning 
rejalashtirilgan byudjetdan chetlanishi tahliliga asoslanadi.


170

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling