Yurtimizda so‘nggi yillarda konchilik sohasi rivojiga ulkan eʼtibor qaratilmoda. Buning negizda konchilik sohasi rivojlanib borishi bilan bir qatorda ushbu sohaga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda


Download 40.86 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi40.86 Kb.
#1030502
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI 12.12

II.GEOLOGIK QISM
Konning geologik tuzilishi xamda foydali qazilmalarning yotish sharoitlari

Samarqand maʼdanli xududi Turkiston tizmasi tarmoqlari va Zarafshon tizmasini qamrab oladi. XX asr o‘rtalarida bu xududda Ingichka, Qo‘ytosh, Langar kabi uchrovchi metallar konlari aniqlandi. Ular xozirgi paytda aniqlanilmoqda. Shimoliy Nurota tog‘larida ikkinchi jaxon urushida yillarida oltinning sochma konlari o‘rganila boshlandi. Bu yerda katta sochilmasi o‘rganilib oltin izlandi. Jizzax viloyatiga qarashli Pistoletov tog‘ida uchquloch polemetal koni ochildi. Samarqand maʼdanli xududida birinchi oltin rudalarining Qoraqo‘ton sochma oltinkoni ochilib foydalanishiga topshirildi. Bu kon Marjonbuloq ZIF ni ruda bilan taʼminlay boshladi. Ikkinchi obekt bo‘lib Zarafshon oltin koni va undan keyin Marjonbuloq oltin koni ochiladi. Bu xom-ashyo bazalarining ochilishi Marjonbuloq ZIF ning qurilishiga asos bo‘ldi. Bulardan tashqari Janubiy Nurota tog‘larida Qoratov rudali zonasi o‘rganilib to‘rtta oltin rudali konlar Sarmich, Biyron, Jizlon, Oltin qazgan konlari aniqlandi. Ulardan ikkitasi, yaʼni Sarmich va Biyron konlarida batafsil qidirish va qolgan ikkitasida yetakchi geologiya qidiruv ishlari olib boriladi. Sarmich konining bitta ruda tanasining rudalari 1978-1979 yillarda “O‘zbekiston” trestining Zioviddin oltin izlovchi artelida ishlov berish yo‘lga qo‘yildi.


1968 yilda “Zarmitan” konining zaxirasining razvedka qilish boshlandi va uzoq vaqt davom etdi. Ayni vaqtda S1+S2 toifalarda razvedka qilinmoqda va Zarmitan ruda maydonining resurslari barcha oltin rudalari obʼektlari bilan birgalikda qazib olish mo‘ljallanmoqda. Konning quvatini kengaytirish va ishlab chiqarish, qayta ishlash ishlarini tashkil etishga xorij sarmoyasini jalb qilish asosiy maqsad bo‘lib turibdi.
Oltin va kumushning alohida maʼdanlangan nuqtalari aniqlandi, shuningdek Zarmitan maydonining yopiq qismlarini istiqbollarini aniqlash va baholash aniq-maqsad qilib qo‘yildi. Bu masalani hal qilish uchun Zarmitan konining g‘arbiy qanotida izlash, burg‘ulash ishlarini olib borish mo‘ljallangan.
Maydonlarni maqsadga muvofiq o‘rganish aynan “Zarmitan” turidagi maʼdan tanalarini o‘rganishga yo‘naltirishni aniqlash ishlari S.F.Redkin, X.S.Tillayev, Yu.A.Malikov va A.Axmedovlar tomonidan tasdiqlangan.
1978 yildan Zarmitan maydonining yopiq uchastkalarining istiqbollari asosiy aerofotologik geologik va geoximik materiallari ko‘rsatkichlari shakillantirildi. Ular maqsadga muvofiq kolonkali burg‘ulash ishlari bilan kompleks detalli yoqlash ishlari olib borildi. Natijada 1978 va 1979 yillarning birinchi yarmida Yu.A.Malkov, X.S.Tillayev, A.Axmedovlar tomonidan xududning neogen to‘rtlamchi yotqiziqlarini qalinligi aniqlanib, bundagi kengligi 1000m gacha va qalinligi 1500m gacha bo‘lgan oltin rudali tasma shakldagi qatlam tadqiq qilindi. Tegirmon uchastkasi tomonidan 1978-80 yillarda maxalliylashtirilgan detalli izlash ishlari davom ettirilib, izlash baholash ishlari natijalari olindi.
Bu olib borilgan ishlar natijasida yer ostida uncha yaqin rudali oraliqlar va ularning ichki tuzilishi tekshirildi. Bunday ko‘p miqdorda rudalar kesmasi orqali ruda tanalari va rudali zonalar katta maydon bo‘lib bir-biriga turli yo‘nalishlar bo‘ylab paleogen joylashishi aniqlanib X.S.Tillayev, A.Axmedovlar muallifligida “katta imkoniyatlar” tartibida bog‘lanish variantlari o‘rganildi. Bunda keskin farq qiladigan va boshqa turdagi kesmalar Tegirmon boshqarmasidagi to‘rtta yashirin zona makonlari o‘rganildi.
Kvars tomirli maydon konining chizmalari chizildi, zaxiraning kiritilgan va bashorat qilingan natijalarini hisoblash bajarildi. Bu ishlar asosiy dastlabki ishlarni loyihalash uchun xizmat qiladi. 1980 yilning uchinchi choragida bajarilgan baholash ishlari materiallari “Samarqandgeologiya” da ko‘rib chiqildi. 1981 yilda Zarmitan DGQE tomonidan izlash ishlari loyihasi tasdiqlandi. Izlash-baholash ishlarining boshlang‘ich davrida dastlabki katta miqdoridagi yangi ruda kesmasi tasvirga olindi. Bu aniq materiallar oldingi maydonning tuzilishi haqidagi murakkab sxemalarga kiritildi.
Konning ichki strukturasi aniq chizilib yangi xududlarning istiqbollarini baholash loyihada mo‘ljallangan ishlar to‘liq bajarildi.
Yangi xududlarda rudalarning kesmalarini qayd qilish uchun oldin o‘tilgan shtreklardan hamda burg‘ulash quduqlari va gorizontal kon lahmlari kvershlaglardan foydalanildi.
Loyihada qo‘shimcha qilingan yangi maʼlumotlar 1985 yilda geologiya Vazirligiga taqdim etildi. Bu 31.03.86 yilda tasdiqlandi. Shu yildan yangi obʼekt Zarmitan rudali maydoni topildi. Qidirish ishlari natijasida davlat rangli metallarga ishlov berish TZO vaqti shartlari asosida 1987 yilda Zarmitan DGQE tomonidan materiallar tuzildi.
PDKZ №08-7 20.03.97 yil qaroriga binoan O‘zbekiston Davlat Geologiya qo‘mitasi SKZ amaliy balansiga mos holda Zarmitan konining keyingi oltin va kumish zahiralari hisoblab chiqildi. Buni qo‘yidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
Oltin va kumish zahiralari 01.01.97 yilgi holati.

ko‘rsatgichlar

birliklar

toifa

s1

s2

ruda

ming tonna

2598485

1804263

oltin

kg

29340,5

15871,6

o‘rtacha tarkibi

g/t

11,3

8,8

kumish

kg

36520,1

22352,0

o‘rtacha tarkibi

g/t

14,1

12,4

Bu jadvalda rejadagi topshiriq bajarilishi uchun olib borilgan qidirish ishlari davrida zaxirininig oshishi ko‘rsatilgan. O‘ta muhim va maxsus yo‘nalishlarda ishlar, o‘quv tadqiqiy va bevosita sanoat tashkilotlari tomonidan Ingichka OMTE va IRTI REDMET tomonidan “kern yo‘nalishini baholash” kabi texnologik tadqiqotlar bajarildi. Gidrogeologik va injenernogeologik ishlari “O‘zbekgidrogeologiya” ga karashli Golodnotek gidrogeologik ekspeditsiya tomonidan bajarildi. Bu ishlar “Toshkentgeologiya” GGG ga qarashli maxsus partiya tomonidan o‘tkazildi. Minerologik tadqiqotlar esa “Samarqandgeologiya” GGP tomonidan bajarildi.


Yirik texnik iqtisodiy xisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya fondiga oshirildi. Bu qarorlar qo‘ydagilar:
01.02.78 yildagi №84-29 raqamli “1978-90 yillarda optik qazib olish sanoati rivojining o‘lchovlari” nomli davlat SM qarori va Davlat Geologiya vazirligining 13.03.78 yildagi №11 buyrug‘ini bajarishi to‘g‘risidagi qaror.
Davlat SM ning 22.06.84 yildagi “Kelajakdagi oltin qazish sanoatini rivojlantirish va o‘lkada oltin qazishni ko‘paytirish” to‘g‘risidagi qarori.
“O‘zbekiston respublikasida 1993-95 yillarda va 2000 yilgacha bo‘lgan davrda oltin sanoatini ko‘paytirishga, hamda xom-oshyo baʼzalari bilan taʼminlash uchun geologiya qidiruv ishlarini rivojlantirish” nomli buyrug‘i.
Zarmitan konida qidirish ishlariga 1987 yilda va xozirgi vaqtda ekspeditsiya bosh geologlari V.A.Kremov, I.O.Xamroyevlar boshchilik qildilar.
Tavsiflanayotgan hudud Shimoliy Nurota oltin rudali maydonlarida Zarafshon - metallangan zonasida nodir oltin kam uchrovchi metallar vujudga kelgan. Bu yerda volfram, molibden, qalay, uran va oltin elementlarining minerallashgan nuqtalari va tarqalishi belgilangan.
Xududning asosiy foydali qazilmasi sifatida asosan oltin katta qiziqish uyg‘otadi. Sanoat ahamiyatiga molik yirik oltin rudalari Qo‘shrabot intruzivi bilan chambarchas bog‘liq. Ruda maydoni Jizlan-Pangat va Zirabuloq, Qo‘shrabot siniqlarining kesishgan xududida hosil bo‘lgan. Bu siniq sirini shimoliy-sharqiy tomonda cho‘zilib Tyanshan sistemasining yirik siniqlari Sulton, Qorovulqon, Mingbuloq siniqlari vujidga keltirgan. Jizlan-Pangat siniqlari Shimoliy Nurota tog‘ining Janubiy tizmasi shimoliy-sharqiy qismiga cho‘zilib janubiy qismida bu yerdagi asosiy siniqlardan Materuk va Haydar liniyalari bilan bir paytda paydo bo‘lgan. Ularning belgilari chuqurlikda olib borilgan geofizik tadqiqolardan aniqlangan.
Bu yer Qorovulxona, Zarmitan, Mingbuloq siniqlari bilan kesishuvi natijasida Jizman, Pangat sinig‘i zonasida janubiy-g‘arbdan, shimoliy-sharq tomonga ketma-ket rudalashgan maydon aniqlangan. Bular Pangat oltin
rudali maydonlari, Xaydar, O‘razali, Korasoy va boshqalar. Ikkinchi yirik yotiq struktura shimoliy-sharqqa cho‘zilgan Zarbuloq-Qo‘shrabot sinig‘ining asoslaridan Janubiy Nurota tog‘ining janubiy tizmasidan oltin rudasiga istiqbolli №224 B va №225 B sonli uchastkalar aniqlandi. Bu uchastkaoarda 1989 yili 1:50000 li masshtabda geologik xarita ishlari olib borildi. Bu kengliklardagi ikkilamchi geologiya orollardagi oltin miqdorining ko‘rsatgichlari 1,2 g/t xon r. s va boshkalar bu strukturalarni xaritalash mobaynida 3 ta trupka portlatishdan ishqorli bazaltolmosli aralashmalarini aniqlashdi. Bu maydonlarda izlanish ishlarini yo‘lga qo‘yish 1998 yilga mo‘ljallandi. Zarbuloq-Qo‘shrabot sinig‘ining shimoliy-sharqiy qismi davomini ochish natijasida Qo‘shrabot intruzivining ekzo qorovulxona Zarmitan sinig‘i bilan kesishish zonasida Zarmitan oltin koni va “Oraliq” uchastkasi aniqlangan. Qo‘shrabot intruzivining shimoliy ekzolantetida esa Nakurt ruda maydoni topilgan.



Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling