Yusuf va ahmad


Download 352.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi352.03 Kb.
#1253143
  1   2   3   4
Bog'liq
dostonning-yaratilish-tarixi-va-ilk-manbalar-yusuf-va-ahmad-dostoni-haqida



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 407
DOSTONNING YARATILISH TARIXI VA ILK MANBALAR (“YUSUF VA 
AHMAD” DOSTONI HAQIDA) 
 
Odina Xamidullo qizi Mahamadjonova 
Andijon davlat universiteti magistranti 
ANNOTATSIYA 
Mazkur maqola “Yusuf va Ahmad” dostonining yaratilish tarixini o’rganib, uning 
ilk manbalari haqida ma’lumot yig’ishga qaratilgan. 
Kalit so’zlar: tarixiy, afsonaviy, jang-u jadal, baxshi. 
HISTORY OF DOSTON'S CREATION AND EARLY SOURCES (ABOUT THE 
EPIC "YUSUF AND AHMAD") 
 
ABSTRACT  
This article focuses on the history of the creation of the epic Yusuf and Ahmad 
and gathers information about its original sources. 
Keywords: historical, legendary, fast-paced, good. 
Jang-u jadallar, tarixiy yoki afsonaviy janglar ,urushlarda qo’shin va yakka 
shaxslarning jasoratlarini tasvirlovchi dostonlarga jangnoma (romanik) dostonlar 
deyiladi. Bunday dostonlar qahramonlik dostonlari ta’sirida shakllangan. Qahramonlik 
dostonlarida bosh qahramonning faoliyati yakkama-yakka olishuvlarda namoyon bo’lsa, 
jangnomalarda turli xil urush epizodlarida ko’rsatiladi.
O’sha paytlarda hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan 
insonlarni xalq orasida tanitish va shunday ishlarni targ’ib qilish maqsadida jangnoma 
ko’rinishidan foydalanilgan. Shunday harakatlar natijasida “Jangnomayi Sayid Battol
G’oziy”, “Jangnomayi Abo Muslim” ,”Jangnomayi Amir Hamza” kabi islom dinini
zo’rlik bilan targ’ib qilgan shaxslarning nomi bilan bog’liq jangnomalar yuzaga 
kelgan. “Rustami doston”, “Qahramon qotil” , “Hushrang” , “Jangnomayi Jamshid”
kabilarni ko’rsatish mumkin. 
O’zbek baxshilarining repertuarida bunday dostonlar juda ham ozchilikni tashkil 
etadi. Urug’, qabila yoki xalqning mustaqilligi uchun olib borilgan janglarni
tasvirlovchi qadimiy jangnomalar (“Shiroq “, “To’maris” kabi) zamonlar o’tishi bilan
turli xil sabablarga ko’ra baxshilar repertuaridan tushib qolgan bo’lishi mumkin. 
Buning o’rniga janglar biror xalqning diniy e’tiqodlarini g’ayri dinlardan himoya
qilish yoki o’z dinini o’tkazish tarzida talqin etila boshlangan. Dushmanga qarshi 
kurashda mardlik, jasorat ko’rsatish, ona vatan daxlsizligi kurashish, vatanparvarlik,


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 352.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling