Yusuf va ahmad
www.scientificprogress.uz
Download 352.03 Kb. Pdf ko'rish
|
dostonning-yaratilish-tarixi-va-ilk-manbalar-yusuf-va-ahmad-dostoni-haqida
www.scientificprogress.uz
Page 409 “Yusuf bilan Ahmad” dostonida Go’zalshoh lashkariga nisbatan “qizilboshlar” atamasi qo’llanilganligini hisobga olgan holda bu asardagi jang lavhalarining talqiniga xorazmliklarning o’z yurtini tashqi bosqinchilar xurujidan himoya qilish maqsadida olib borgan jang-u jadallari bilan aloqador tarixiy faktlar asos bo’lgan, deyish mumkin. Ushbu dostonning qo’lyozma va toshbosma nusxalarini qiyosiy o’rgangan folklorshunos R.Jumaniyozov ham “dostonda XVI asr Xorazm ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlariga doir ko’pgina ma’lumotlar mavjud. Unda o’sha davr ijtimoiy turmushiga xos jihatlar u yoki bu darajada o’z ifodasini topgan”ligini qayd etadi. Demak, Xorazm vohasi aholisining shoh Ismoil qo’shinlariga qarshi olib borgan kurashi, aka-uka Elbarsxon va Belbarsxon boshchiligidagi o’zbek qavmlarining bu jangda xorazmliklarga yordam berishi, shuningdek, XI asrning oxirida g`aznaviylar mag`lubiyatga uchragach, Isfahon va Kirmonga ko’chib ketgan xorazmlik emrelilarning safaviylar davridagi suronli voqealar sababli o’z ona diyori – Xorazmga ko’chib kelishi bilan bog`liq voqealar ta’sirida XVI asrning o’rtalarida “Yusuf bilan Ahmad” dostoni sujetining ilk namunasi yuzaga kelgan. Yusuf bilan Ahmadning jang-u jadallari va qahramonona sarguzashtlariga bag`ishlangan o’zbek jangnoma dostonlarining og`zaki variantlari orasida Muhammadqul Jonmurod o’g`li Po’lkan hamda Fozil Yo’ldosh o’g`lidan yozib olingan namunaning matni hajman nihoyatda kattaligi, an’anaviy epik sujet qurilishining mukammalligi, turkiy xalqlar jangnoma eposiga xos barcha asosiy belgilarni o’zida mujassamlashtirganligi, tasvirlangan voqealar talqinining ko’lamdorligi, baxshilar badiiy mahorati va badihago’ylik iqtidorining o’ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi. “Yusuf bilan Ahmad” dostonining o’ziga xos xususiyatlari va kelib chiqishi tarixi xususida qiziqarli mulohazalarni bildirgan Herman Vamberi o’zining 1911 yildagi nashriga yozgan so’zboshisida bu doston o’zbek xalqi epik tafakkurining mahsuli o’laroq Xorazmda shakllangan, degan muhim qarashni ilgari surgan. Oradan qariyib 20 yil o’tgach, mazkur doston sujetining yaratilish tarixi va tarqalishi masalasi A.N.Samoylovichning 1929-yilda chop ettirilgan turkman adabiyoti tarixi ocherklarida ancha keng yoritilgan. Olim Yusuf bilan Ahmad sarguzashtlariga bag`ishlangan jangnoma doston sujeti Sharqiy Turkistondan Volga bo’ylarigacha bo’lgan katta hududda tarqalganligini qayd etar ekan, uning sujeti bilan “Kitobi Dadam Qo’rqut”ning “Bomsi Bayrak va Bonu chechak” bo’yi (qismi) orasida yaqinlik mavjudligiga e’tiborni qaratgan ediki, bu keyinchalik folklorshunoslikda “Yusuf bilan Ahmad” dostoni sujetining genezisini qiyosiy-tarixiy jihatdan o’rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Jadval-2 German Vamberi 1911-yil So’zboshiga doston haqidagi fikrlarini kiritgan ,Xorazmda shakllangan SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 352.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling