Yusuf Xos Hojib hayot yo’li. «Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari. “Qutadg’u bilig” asarida obrazlar tasviri


«Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari


Download 39.94 Kb.
bet4/13
Sana18.11.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1784669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Yusuf Xos Hojib hayot yo

2. «Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari.

«Qutadg’u bilig»ning uch qo’l yozma nusxasi ma’lum. Bu nusxalar «Vena» (yoki «Hirot»), «Qohira» va «Namangan» nusxalari deb yuritiladi. «Qutadg’u bilig»ning birinchi nusxasi XIX asrning 20-yillarida Istambulda topildi. Bu nusxa XV asrda-1439 yilda Hirotda Hasan Qara Sayil Shams tomonidan uyg’ur yozuvi bilan ko’chirilgan. Qo’l yozmani topgan olim Xammer Purgshtall uni Venadagi Qirollik kutubxonasiga topshiradi. Shuning uchun bu nusxa «Hirot» yoki «Vena» nusxasi deb yuritiladi.

«Qutadg’u bilig»ning ikkinchi qo’l yozma nusxasi 1896 yilda Qohirada topildi. Bu nusxa (XV asr) arab yozuvida ko’chirilgan bo’lib, u Hirot nusxasidan birmuncha farq qiladi. Tekstdagi juz’iy farqlardan tashqari, Qohira nusxasida Hirot nusxasidagi ayrim o’rinlar yo’q.

«Qutadg’u bilig» uchinchi nusxasi 1913 yilda Namanganda topildi va 1914 yilda ma’lumot e’lon qilindi. (Nusxa namanganlik Muhammadhoji Eshon Lolaresh degan kishining shaxsiy kutubxonasida sharqshunos olim A. Z. Validov tomonidan topilgan.) Bu nusxa ham Qohira nusxasi kabi arab yozuvida ko’chirilgan: «Qutadg’u bilig»ning Namangan nusxasi boshqa nusxalarga qaraganda birmuncha mukammalroq bo’lib, E.E. Bertelüsning taxminicha, u XIII asrning oxiri yoki XIV asrning boshlarida ko’chirilgan bo’lishi kerak. Bu nodir nusxa O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

«Qutadg’u bilig»ning prozaik muqaddimasida ta’kidlanishicha, dostonda to’rt asosiy masala qo’yilgan va bu masalalar majoziy obrazlar qiyofasida mujassamlashtirilgan

«Qutadg’u bilig» jami Namangan nusxasida 6500 baytga 13000 misraga yaqin bo’lib, u 73 fasl-bobga bo’lingan. O’n bir bobi dostonning muqaddimasi bo’lib, muqaddima xudoga, payg’ambarga va to’rt xalifaga bag’ishlangan tardision boblardan tashqari, yoz tavsifi va Bug’raxon madhi, 7 sayyora va 12 burj, til odobi va bilimning foydasi kabi masalalarga bag’ishlangan boblarni o’z ichiga oladi. Dostonning asosiy qismi 12-bobdan, Kuntug’di degan hukmdorning ta’rifi bilan boshlanadi. Dostonda quyidagi voqea hikoya qilinadi:

Kuntug’di degan odil podsho bo’lib, uning shon-shavkati va shuhrati yaqin va uzoq o’lkalarga yoyilgan ekan. Oytuldi degan oqil bir kishi uning xizmatiga kirish istagi bilan poytaxtga kelibdi. U musofirlikning azob-uqubatlarini chekibdi hamda yor-do’st, tanish-bilish orttiribdi. Oyto’ldi Ko’samish (Istanilgan) degan do’stiga musofir bo’lib Kuntug’di poytaxtiga kelishining sabablarini so’zlab beribdi. Ko’samish unga madad berib, Kuntug’dining Xos Hojibi bilan tanishtiribdi. Oyto’ldi Kuntug’dining saroyiga borib, uning suhbatida bo’libdi. Oyto’ldini yoqtirgan Kuntug’di uni saroyga xizmatga olibdi. Oyto’ldining mansab-martabasi kundan-kun ziyod bo’lib, oxiri u vazir qilib tayinlanibdi. U saroyda uzoq vaqt xizmat qilib, aql-idroki va tadbirkorligi bilan Kuntug’dini mamnun qilibdi. Biroq yurti va oilasini sog’inib, Oyto’ldi hukmdordan ruxsat olib, o’z yurtiga qaytibdi va birmuncha vaqtdan keyin o’sha erda vafot etibdi.

Oyto’ldining O’gdulmish degan o’g’li bor ekan. U otasining so’ziga amal qilib, Kuntug’dining dargohiga kelib, saroyga xizmatga kiribdi. O’gdulmish otasining izidan borib, davlat ishlaridagi faoliyati va donoligi bilan Kuntug’dini shod va mamnun qilibdi. Kuntug’di bilan O’gdulmish o’rtasida turli xil masalalarga doir suhbat va munozaralar bo’libdi. Oqil va olim kishilarning davlat ishlariga katta foyda keltirayotganini ko’rgan Kuntug’di donishmand O’zg’urmishni (O’dg’urmish ham yoziladi) saroyga taklif qilibdi. Uzgurmish tarkidunyo qilib, kishilar orasidan chiqib ketgan ekan. U bir necha xat-xabar va oqil O’gdulmish bilan bo’lgan suhbatlaridan keyin Kuntug’dining taklifini qabul qilib, saroyga kelibdi. O’zgurmish bilan Kuntug’di davlat idora ishlari, axloq-odob va boshqa masalalar bo’yicha suhbat va munozaralar qilishibdi. O’zg’urmish Kuntug’diga ko’p o’gitva nasihatlar beribdi.


Asar mazmuni, tili va uslubidan kelib chiqib aytish mumkinki, Yusuf Xos Hojib arab va fors tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur tanish boʻlgan. Bundan tashqari shoir qadim turk yozma adabiyoti, turkiy xalqlar ogʻzaki ijodini ham yaxshi bilgan, ular muhitida tarbiya olgan. Shoir turkiy elatlarning qadimiy qoʻshnilari xitoy, moʻgʻul, hind, eroniy xalqlar madaniyati, yunon falsafasi va boshqa oʻsha davr maʼnaviy hayotining turli tomonlari haqida mukammal maʼlumot egasi boʻlgan. Yusuf katta isteʼdod sohibidir. Oʻsha davr anʼanasiga koʻra, u arab, fors tillarida ham sheʼr ijod qilgan boʻlishi kerak, turkiy adabiy tilda, balki devon ham tuzgandir. Afsuski, bizgacha shoirning yagona dostonidan boshqa asari yetib kelmagan. Ammo aniq aytish mumkinki, hech qaysi ijodkor ilk ijodini 6, 5 ming baytga yaqin yirik doston yozishdan boshlamaydi. Masalan, Amir Xisrav Dehlaviy birinchi yirik dostonini boshlaganda ikki devon tuzgan va ular tarkibida bir qator kichik masnaviylari bor edi. Biz Yusufning ijodiy yoʻli haqida baʼzi maʼlumotlarni dostonga tayanib olishimiz mumkin. Masalan, shoir kirish qismida yozadi:


Bu tugal elindin chiqib borgoni, Kitobni qoʻshubon tugal qilgʻoni.
(Tugʻilgan yurtidan chiqib borgani, kitobni jamlab tugal qilgani).
Ikkinchi satrdagi kitobni jamlab, tugal qilgani haqidagi maʼlumot, uning baʼzi qismlari oldinroq alohida asar sifatida yozib, mashq qilingan boʻlishi mumkinligidan darak beradi. Masnaviy janrida yozilgan asar tarkibida vazn va qofiyalash usuliga koʻra undan farq qiluvchi ikki alohida qasida va 200 dan oshiq toʻrtlik mavjud boʻlishi ham behuda emas. Biz bu asarning tarkibiy qurilishidan kelib chiqib, uni shoir bir necha marta tahrirdan oʻtkazgan boʻlishi kerak deb, oʻylaymiz. Olimlar ham bu haqda xilma-xil taxminlar qilib kelishadi. Hozir bizning qoʻlimizga yetib kelgani oxirgi tahrir va xoqonga taqdim etilgan nusxadir. Bu nusxa tarkibi quyidagicha:
Uch bosqich Muqaddima:
1. Nasriy muqadimma (38 satr);
2. Sheʼriy muqadimma (77 bayt);
3. Muqadimmaviy boblar (II bob, 390 bayt).
Ikkinchi va uchinchi bosqich orasida bob sarlavhalari roʻyxati (fihristi abvob) berilgan.
Asosiy qism – doston mavzui 68 bobda rivojlanadi. Undagi sarlavhalar hisobiga, agar ishtirok etuvchilarning savol-javoblarini ham kiritsak – 174 sarlavha ostida berilgan. Umumiy hajmi – 5896 bayt. Xotima qismi – 2 qasida va masnaviy bobdan iborat boʻlib, oxirgi masnaviy bob mazmunigina maʼlum darajada dostonga aloqadordir. Muqaddimaning faqat uchinchi bosqichi (II bobdan iborat) bevosita doston tarkibiga uygʻunlashgan. Ol-dingi ikki bosqich esa qayta taxrirda kitob haqida umumiy tasavvur hosil qilish uchun atayin nasr va nazmda ilova qilingandir. Shu sababli ular boblar nomlanishi roʻyxatidan ham ilgari berilgan.
Asosiy qism oxirida (6261–6286-baytlar) shoir kitobning yozilish yili, nima maqsadda yozilgani, oʻquvchiga murojaat, Allohga munojot, Paygʻambar va chohoryorlarga salomlar bilan asarni xotimalaydi va alohida xotima qismga hojat qoldirmaydi. Ammo bundan soʻng yana 2 qasida (Yigitlikka achinib, qarilikdan shikoyat qilish – 44 bayt va zamon buzuqligi, doʻstlar jafosidan yozgʻirish – 40 bayt) qoʻshilib, yana 1 masnaviy bobda muallif oʻziga oʻzi nasi-hat qiladi (37 bayt), asarning turkcha yozilganligi, tugallanish sanasi, yana munojot va salomlar qaytariladi. Shulardan bilinadiki, xotima qismiga ham 2 qasida qoʻshilib, qayta tahrir qilingan paytda yozilgan. Asosiy qism mazmuni va mundarijasiga koʻra “Qutadgʻu bilig” dostoni mintaqa adabiyotining birinchi bosqichida yaratilgan turkiy tildagi islom maʼnaviyatining badiiy falsafiy, ijtimoiy axloqiy qomusi deb baralla taʼriflasak arziydi. Uningdek ulugʻ yaxlit kitob al-Buxoriyning “Jomeʼ as-sahih”idan keyin arab va fors tillarida ham yaratilmagan edi. VIII – IX asrlarda Abdulhamid al-Kotib, Ibn al-Muqaffa (720–756), Adib Ahmad Yugnakiy, al-Johiz (775–868) kabi yirik adiblar tomonidan asos solingan adab ilmi, Abu Nasr al-Forobiyning ijtimoiy-axloqiy falsafasi, “Shohnoma” va turk xoqonlarining yodnomalari, mintaqa xalqlarining boy manʼaviy merosi bu asar magʻziga singdirilgan. Eng asosiysi, bu kitob islom mintaqa maʼnaviyatining qomusi boʻldi. Firdavsiy “Shohnoma”si mintaqa xalqlarining oʻtmish tarixini badiiy aks ettirsa, Yusuf Xos Hojib asari uning yangi davrdagi holatini badiiy tafakkur qonuniyatlari asosida mujassam etdi. Muallif oʻz asarini “Shohnomayi turkiy” deb shuhrat topganini aytadi, bu qiyos shu maʼnoda toʻgʻriki, oʻtmishda mintaqa eroniy hukmdorlar – Kayoniy va Sosoniylar hukmida boʻlgan esa, Yusuf davrida Sosoniylar mulki turkiy hukmdorlar qoʻliga oʻtgan edi. Balasogʻundan Bagʻdodgacha turkiy sulolalar hukm surar edilar. Shu sababli endi sulolalar tarixi emas, davlat boshqarish odobi muhim edi. Asarning yana boshqa shuhrat topgan nomlari “Adab ul-Muluk” (“Hukmdorlar odobi”) va “Oyin ul-mamlakat” (“Mamlakatni idora etish qoidalari”) xuddi shu jihatni aks ettirar edi.


Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling