Yusuf Xos Hojib hayot yo’li. «Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari. “Qutadg’u bilig” asarida obrazlar tasviri


Download 39.94 Kb.
bet8/13
Sana18.11.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1784669
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Yusuf Xos Hojib hayot yo

Ilm-ma’rifat haqida

Yusuf Xos Hojib XI asrning donishmandi, ilm-ma’rifatning jarchisi hamda homiysidir. U ilm-ma’rifatga saodatning kaliti deb qaraydi, shuning uchun ham o’z dostonini «Qutadg’u bilig» deb ataydi hamda unda ilm-ma’rifatni targ’ib qiladi, olimlarni ulug’laydi, davlat boshliqlarini, ilm-fan ahllarini saroyga jalb etishga, ulardan ta’lim olishga va ularning maslahatlari bilan ish ko’rishga chaqiradi.

Yusuf Xos Hojibning fikricha, hukmdor mamlakatni o’z qilichi va siyosati bilan boshqarsa, olimlar el-yurtni aql va donish bilan boshqaradilar, unga yo’l ko’rsatadilar. Shunga ko’ra, shoir kishilarni podaga, olimlarni yo’l boshlovchiga o’xshatadi:


Bular ul suruk qo’yqa arkach soni,

Qoyuv boshlasa, sursa yo’lcha ko’ni.

(Bular qo’y suruki orasidagi serka kabidirlar,

(Toki) qo’yni boshlasa, to’g’ri yo’l bo’ylab olib borsa.

Ilm-nur, olimlar mash’aldorlardir:



Ular ilmi bo’ldi budunqa yo’la,

Yorusa yo’la tunla ozmas yo’l-a,

(Ularning ilmi xalqqa mash’al bo’ldi,

Mash’al yorisa, tunda yo’ldan adashilmaydi.)

Binobarin, olimlarni sevmoq, ularga hurmat bilan yondashmoq va bilimlarini o’rganishga tirishmoq zurar:



Ularni qatig’ sav, og’irla so’zin,

Biliglarni o’gran, o’kush yo izin.

(Ularni qattiq sev, so’zlarini qadrla,

Ko’pmi yoki ozmi (ularning) bilimlarini o’rgan).

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» dostonida Markaziy Osiyo olimlarining ilmiy yutuqlari ham ma’lum darajada o’z ifodasini topdi. U, xususan, astronomiya va medisina fanlari yuzasidan kengroq mulohaza yuritadi. Dostonning muqaddimasida etti planeta (Sekantir-Zuhal-Saturn, O’ngay- Mushtariy-Yupiter, Ko’rud-Mirrix-Mars, Yashiq-Quyosh, Savit-Zuhra-Venera, Orzu-Utorid-Merkuriy, Yalchiq-Oy) va 12 burj haqida alohida-alohida she’riy parchalar bitadi.

Yusuf Xos Hojibning falsafiy qarashlari, xususan, uning medisinaga doir mulohazalari Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi ta’sirida shakllangan bo’lishi kerak. Shoir «Toji Hakim» nomi ostida Abu Ali ibn Sinoni ko’zda tutgan bo’lishi mumkin.
Masnaviy orasida boshqa janr namunalari ham uchraydi. Unda ikki yuzdan ortiq to’rtlik, uchta qasida ham mavjud. Masnaviy orasida boshqa janr namunalarining kеltirilishi Yusuf Xos Hojib kashfiyotidir. Faqat shu kashfiyotning o’ziyoq Yusuf Xos Hojibning shе'riy iqtidori, uning shoirona mahorati, ijodkor sifatidagi jur'atiga yorqin ishoralarni bеra oladi. Agar bularning hammasi nihoyatda yuksak darajadagi badiiyat talablariga to’la-to’kis javob bеrishini e'tibarda tutadigan bo’lsak, fikrimiz yanada oydinlashadi. 18 Yozma adabiyotimizdagi dastlabki to’la qonli qasidalar ham Yusuf Xos Hojibga tеgishli. Uning qasidalari alohida tadqiq mavzui bo’la oladi. Asardagi to’rtliklar ham alohida mavqеga ega. Ular xalq to’rtliklari, shuningdеk, yozma adabiyotning XI asrgacha bo’lgan shu janri bilan aloqador an'analarini yana bir pog’ona yuqoriga ko’taradi hamda klassik adabiyotimizda mashhur bo’lgan ruboiy janrining o’ziga xos turkiy zaminini tayyorlab bеradi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, ular to’rtliklarning ruboiyga o’tishidagi o’ziga xos adabiy ko’prik vazifasini ado etdi.


Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling