Yusuf Xos Hojib hayot yo’li. «Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari. “Qutadg’u bilig” asarida obrazlar tasviri


Kishini ro’shnolikka chiqargan ravon til deb bilgin


Download 39.94 Kb.
bet10/13
Sana18.11.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1784669
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Yusuf Xos Hojib hayot yo

Kishini ro’shnolikka chiqargan ravon til deb bilgin.

Kishini til e’zozlaydi, kishi u tufayli baxtga erishadi,

Kishini til qadrsiz qiladi, er boshini yoradi.

Til hovlida [ya’ni qafasda] yotgan arslon kabidir,

Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni eydi.

Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit,

Bu so’zga amal qilgin, o’z foydangga ishlat:

Til meni juda ko’p kulfatlarga soladi,

(U) boshimni kesmasin, (men) tilimni kesayin.

U uylanish va bola tarbiyasi haqidagi 53-bobda oila va bola tarbiyasining murakkab ekanini ta’kidlab, bolani yoshlik chog’idan boshlab yaxshi xulqli qilib etishtirish zarurligini aytadi. Ziyofatlar va ularda ishtirok etish, o’zini tutish odobiga bag’ishlangan 55-56-boblarda saroy ahllariga o’git beradi. Boshqa boblarda ham axloq va odobning turli masalalari to’g’risida fikr-mulohaza yuritadi.

Yusuf Xos Hojib kishi tezda tug’ilib, tezda o’tib ketuvchi his-tuyg’uga asir bo’lmasligi kerak, deb hisoblaydi hamda sevgini ko’z bilan emas, balki kishining qalbi bilan bog’laydi.

Yusuf Xos Hojib mansabi va mol-davlati bilan takabburlashib ketgan zodagonlarni tanqid qilib, baxt-tolega ortiq darajada berilib ketmaslik kerak, baxt keladi ham, ketadi ham deb ularni ogohlantiradi



Quvanma qivi qutqa, qutlug’ kishi,

Sanma o’zung qutqa, atlig’ kishi!

Oqar suv, yo’riq til, bu qut turmadi,

Ajun tazginurlar, yurib tinmadi.


(Ey) baxtli kishi, baxt va davlatga quvonma,

(Ey) nomdor kishi, baxt, davlat bilan bo’lib o’zing g’aflatda qolma.

Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bu erda turmaydi,

Jahon kezuvchilar yurib tinmaydi.

4.«Qutadg’u bilig» va xalq og’zaki ijodi

Doston qahramonlarining nomi ham xalq ijodi tradisiyalari bilan bog’langan. O’zbek, uyg’ur, qozoq, qirg’iz va boshqa turkiy xalqlarida «kun» va «oy» so’zlari bilan birga ishlatiladigan nomlar keng tarqalgan va xalq eposidan o’rin olgan. Bunga, jumladan, o’zbek xalq dostonlaridan «Oysuluv»dagi Oysuluv va uning o’g’li Kunbotir, «Kuntug’mish» dostonining bosh qahramoni Kuntug’mish, «Yusuf va Ahmad» dostonidagi Kunxon va Oyxon, «Oygul» ertagidagi Oygul, qahramonlarning nomiga qo’shib aytiladigan «oy» qo’shimchasi («Alpomish»dagi Barchinoy kabi), «oy desang oy, kun desang kun» kabi obrazli iboralar, «Oy bastina Oybarcha qiz, kun ostida Kunakay qiz» kabi misralarni yaratgan qozoq xalq og’zaki ijodidagi «Oymon-Sho’lpon» dostoni, «Kunekey qiz» ertagi va boshqa asarlarning «Oy» va «Kun» nomlari bilan atalishi; qirg’iz xalq qahramoni Manasning «Kundan va Oydan paydo bo’lishi», «Manas»dagi Oychurek, Oykanish, To’lg’anoy obrazlari, qoraqalpoq xalq og’zaki ijodidagi Oysanam («G’arib Oshiq»), Oysuluv («Qirq qiz») va boshqalar yaqqol misol bo’la oladi. O’zbeklarda xotin-qizlarning nomiga «oy» so’zini qo’shib aytish hozir ham keng qo’llaniladi. «Kun» va «Oy» bilan bog’liq nomlarning tarixiy ildizi totemlarga borib taqaladi.


Mutafakkir kitobning an'anaviy boshlanmasidan kеyinroq insonning haqiqiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. Yana ilm-zakovatning ahamiyati haqida qator boblarda ham fikr yuritish bilan birga unga. alohida boblar ham bag’ishlangan. Lеkin olim faqat ilm-ma'rifatning ahamiyatini ko’rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o’rnini ham yoritadi. U bilimni buyuk, o’quvni ulug’ dеb ta'riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug’ bo’ladi, bilimli kishi buyuk bo’ladi, dеb, ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo’shadi. Olim ezgu ishlarining barchasi ilm tufayli amalga oshirilishi mumkinligini aytadi, Usha davrdayoq olim «Bilim hatto osmon sari yo’l ochur» dеb bashorat qiladi. U dunyoda odam paydo bo’libdiki, faqat bilimli kishilar-gina ezgu ish qilib, adolatli siyosat yurgi8zib kеlgan, dеb, inson yaratilgandayoq unga bilim, uquv-zakovat bеrilganligi, ana shu bilim va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini uqtiradi. Hatto-hukmdorlar ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo’ladi, to’q va tinch hayot kеchiradi, dеydi.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig»da juda ko’p xalq maqollari va hikmatli so’zlarini ishlatadi va «turkcha masal», «turklar so’zi» deb ularning xalq og’zaki ijodidan olinganini ochiq-oydin ta’kidlaydi. U maqol va hikmatli so’zlarni ba’zan aynan va ba’zan she’riy misralarning poetik talabiga qarab o’zgartirib qo’llaydi. Maqol va hikmatli so’zlar dostonning g’oyaviy mazmunini boyitadi, badiiy qimmatini oshiradi. Misollar:


Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling