Yusuf Xos Hojib hayot yo’li. «Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari. “Qutadg’u bilig” asarida obrazlar tasviri


Bilimsiz kishi ko’ngli qumtak turur


Download 39.94 Kb.
bet12/13
Sana18.11.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1784669
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Yusuf Xos Hojib hayot yo

Bilimsiz kishi ko’ngli qumtak turur,

O’kuz kirsa to’lmaz ob o’tim unur


(Nodonning aqli qumga o’xshaydi,

Agar unga daryo oqib kirsa ham to’lmaydi)

va boshqalar.



«Qutadg’u bilig» XI asrdagi Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistondagi turkiy xalqlar va qabilalar tilining yodgorligidir. U «Devonu lug’otit turk»dagi qadimgi qo’shiqlar va ayniqsa «O’rxo’n-Enisey» yodgorliklari tilidan xiyla farq qiladi hamda turkiy tillarning adabiy til sifatida taraqqiy etish prosessini ko’rsatadi. «Qutadg’u bilig»da biz ko’pgina arxaik so’zlarning iste’moldan chiqib ketganini, biroq «y» va «z» tovushlari o’rnida «d» tovushini qo’llash kabi arxaik formaning davom etib kelganini hamda endi arabcha va fors-tojikcha so’zlar ancha ko’p ishlatila boshlaganini ko’ramiz.


XULOSA


Mustaqil davlatimiz ma'naviy-ruhiy tiklanish davri shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Biz bu jarayonni davlatimizning milliy mеroslarimiz qadriyatlarimizni qayta tiklash, o’sib kеlayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, yuksak ahloqiylik ruhida tarbiyalashda ma'naviy mеrosimiz sarchashmalaridan ta'limtarbiyaning en samarali quroli sifatida foydalanish borasida olib borayotgan davlat dasturlarida, qonunlaridao’z ifodasini ko’rishimiz mumkin. Hammamizga ma'lumki muqaddas kitoblarimiz, buyuk mutafakkir ajdodlarimizning ma'naviy mеroslari bizni doimo xalol mеhnat bilan yashashga, mardlik, saxovat va kamtarlikka chaqiradi, lеkin, shu bilan birga, hayotda bu kabi da'vatlarga amal qilishga intiladigan odam ko’pincha turli qiyinchiliklar, hatto azobu uqibatlarga duch kеlishini kuzatish qiyin emas ―Tan olish kеrakki yuksak ma'naviyat tushunchalari bilan yashashga harakat qiladigan odamning ham ko’p mashshaqatlarni, og’ir sinov va to’siqlar, muammolarni еngib o’tishga to’g’ri kеladi‖.14 Biz milliy ma'naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o’z oldimizga asosiy vazifa qilib qo’yar ekanmiz, bugungi kunda ma'naviyatimizni shakllantiriladigan va unga ta'sir o’tkazadigan barcha omil va mеzonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o’rin tutishni yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Albatta har qaysi xalq va millatning ma'naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlardan ayri holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar xalq ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda nafaqat bizning mamlakatimiz, balki jahonning eng yirik kutubxonalarida saqlanayotgan mingminglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matеmatika, minеrologiya, kimyo, astronomiya, mе'morlik, dеhqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir. 14 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-еngilmas kuch.–T.: Ma'naviyat,2008-yil 61 Mana shunday ma'naviy boyliklarimizdan biri, chashmai-bulog’i Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg’u bilig‖ asari bo’lib hisoblanadi. Yusuf Xos Hojibning ushbu mshhur asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat bo’lib, chinliklar (Xitoy) ―Adab ul-muluk‖ (―Hukmdorlar odobi‖), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) ―Anis-ul-mamolik‖ (―Mamlakatning tartib usuli‖), eronliklar ―Shohnomai Turkiy‖, Sharq elida ―Ziynat ul-umaro‖ (―Amirlar ziynati‖), turonliklar ―Qutadg’u bilig‖, ba'zilar esa ―Pandnomai muluk‖ (―Hukmdorlar nasihatnomasi‖) dеb atagani kitob muqaddimasida kеltirib, asarning qiymati naqadar bеbaho ekanligidan dalolat bеradi. Mazkur asarning shuhrat topishi bеjiz emas edi. Chunki Yusuf Xos Hojib o’z davrining еtuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishi edi. Chunki, u barcha ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasbkoriga oid talablar va jamiyatning ahloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta'lim-tarbiya sohasida o’ziga xos uslubini yaratdi. ―Qutadg’u bilig‖ – baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta'lim dеgan ma'noni bildiradi. Insoniy munosabatlarining eng oliy mеzoni sanalgan hurmat va ehtiromi tarkib toptirishning barcha ko’rinishlari asarda o’z ifodasini topgan


Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling