Yusuf Xos Hojib hayot yo’li. «Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari. “Qutadg’u bilig” asarida obrazlar tasviri


Download 39.94 Kb.
bet11/13
Sana18.11.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1784669
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Yusuf Xos Hojib hayot yo

Adi kachki so’z-ul masalda kalir,

Ota o’rni oti o’g’ulqa qolir.

(Masalda keladigan juda eski ta’bir bor:

Otaning o’rni (va) oti o’g’ilga qoladi.)


Qilichdan itikrak bularning tili.

(Til qilichdan ham o’tkirroqdir).


Yo’la ul uqush, ko’r, qarog’uqa ko’z,

O’luk tanga jon ul, og’in tilga so’z.


(Aql mash’aldir, qara (u) ko’rga-ko’z,

O’lik tanga-jon, soqovga tildir).


Qarinda turmush qilinch o’gratik,

Yag’iz er qatinda ketar, ey tetik.


(Ona qornida paydo bo’lgan qiliq,

(Ey) tetik (kishi), faqat qora er ostida yo’qoladi.)


O’g’il-qiz soqinchi bu tubsiz tangiz.

(O’g’il-qiz tashvishi-bu tubsiz dengiz).


Ilm-aql chirog’i.

(Yo’la ul uqush, ko’r, qarog’uqa ko’z...)


Ko’p so’zlama, oz so’zla,

Oz so’zlasang ham soz so’zla.


(Uqush so’zlama so’z, biror so’zla oz,

Tumon so’z tuguvnin bu bir so’zda yoz.)

«Qutadg’u bilig»ning badiiy qimmati va tili

«Qutadg’u bilig» XI asr adabiyotining muhim yodgorligidir. U turkiy tildagi yozma adabiyot hali u qadar boy tajribaga ega bo’lmagan bir davrda vujudga keldi. Shoir fors-tojik tilida ijod etish tradisiyasi izidan bormadi, balki katt jur’at bilan o’z ona tilida yirik badiiy asar yaratishga kirishdi va uni muvaffaqiyat bilan tugatdi. U xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotining tajriba va tradisiyalaridan foydalandi, xalq og’zaki ijodining maqol va hikmatli so’z kabi injulari bilan o’z asarini boyitdi, fors-tojik tilidagi pandnomalardan ilhomlandi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari bilan o’zbek, uyg’ur va boshqa turkiy xalqlarning klassik adabiyotida aruz vazni chuqur ildiz ota boshladi va yozma poeziyaning etakchi vazni bo’lib qoldi.

Yusuf Xos Hojib o’xshatish, sifatlash, mubolag’a va kinoya kabi badiiy til vositalariga kam murojaat qiladi.


Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling