Yusupov iqboljonning tranzakt taxlil mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Download 60.14 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi60.14 Kb.
#1559110
1   2   3   4   5
Bog'liq
tranzakt tahlil

Jabrdiyda
Jabrdiyda rolini o’ynaydigan odam o’zining bechoraligini vaqiyinchiliklar bilan mustaqil kurasha olmasligini namoyish qiladi. “Bunchalar yomon hammasi! Hech narsa qo’limdan kelmayapti! Sen –menga yordam bera oladigan yagona odamsan!” Jabrdiydaning xulqatvoriga xos xususiyatlardan biri – u vaqtining katta qismini hayotiy qiyinchiliklar va yengib bo’lmas to’siqlarni ustidan shikoyat qilishga sarflaydi, yangi yechim va imkoniyatlarni qidirishga emas. Buning to’lovi esa o’zining zaif ekanligi va boshqalar uning ojizligidan foydalanib har doim ekspluatatsiya qilishiga bo’gan ishonchdir. Oxiri Jabrdiyda o’zining Qutqaruvchilariga teskari o’girilib olib, ularni Zolimday ko’radi. Shunga qaramay Jabrdiydalik hissi doim qoladi. Jabrdiydaga xos bo’lgan xususiyat – o’ziga mas’uliyat olmaslikdir. U o’zining mustaqil hayot kechira olmasligiga ishonadi va har doim Qutqaruvchini qidiradi, shuningdek Zolim(Agressor)ni ham o’ziga jalb qilishi mumkin, chunki ongosti darajasida o’zining passiv holatidan chiqishni istamaydi, chunki o’z hayotiga bo’lgan mas’uliyatni o’z bo’yniga olishni istamaydi. Agar jabrdiydaga muammosini hal qilish uchun maslahat berilsa, u buni birdan inkor qiladi, chunki o’z muammolarining hal bo’lishini ilojsiz deb biladi. Mas’uliyatdan qochganligi uchun jabrdiydalar ko’pincha turli qaramliklar: alkogol, narkotik, haddan ziyod ovqatlanish va shu kabilardan aziyat chekladi. Bu ham o’zini kimningdir ( odatda – Qutqaruvchining) qo’liga topshirish, o’ziga g’amxo’rlik qilishdan qochishning bir yo’lidir. Jabrdiyda roli shaxsning bosqichma-bosqich degradatsiyaga uchrashini ta’minlaydi, chunki u mas’uliyatni o’z Qutqaruvchisining zimmasiga yuklaydi va to’laqonli hayot kechirishdan bosh tortadi. Zolim (Agressor) Zolim – tanqid qiladi, bosim o’tkazadi, Jabrdiydani azoblaydi va ayni vaqtda Jabrdiydaning bechoraligini va doim xato qilishini ta’kidlaydi. Biroq Zolim verbal bosim bilan kuchni farqlolmaydi. “Sen hech qachon…”, “Qanday bunchalik ahmoq bo’lish mumkin?” degan gaplarni ko’p ishlatadi. Zolim xulq-atvoriga xos bo’lgan asosiy xususiyat – u doim ochiqdan-ochiq Jabrdiydasiga hujum qiladi. Buning to’lovi shuki, u verbal majburlash va bosim o’tkazishsiz ish bitira olmasligiga ishonchdir. Oiladagi zo’ravonligini asoslashda Zolim er quyidagi fikrga ishonadi: “Mening vazifam – dars berib qo’yishdir”. Oxir-oqibat Zolim, uni boshqalarning xatosini tuzatish uchun Zolimga aylantirgan qandaydir tizimning Jabrdiydasi bo’lganligini his qilishi mumkin. Zolim uchun boshqalar ustidan hukronlik qilish, Jabrdiydani ustidan dominantik qilish, boshqa odamlarga hujum qilish xos. Odatda bolaligida zo’rlik, qiynoqlarga uchragan bolalar ushbu rolni o’ynaydi. Ongosti darajasida bunday odamlar chuqur uyat hamda ilojsizlik hissini tuyishadi, boshqalarni ta’qib qilsh orqali bu hisni yashirishga intiladi. Ular shuningdek boshqalarga azob bergani uchun mas’uliyatni bo’yniga olishni istamaydi, chunki odamlarning o’zi shunday munosabatga loyiq deb hisoblashadi. Aql o’rgatish, tahdid qilish, qo’rqitish, ko’p sonli dakkilar va ochiq konfliktlar – Agressorning kundalik xatti-harakatlaridir. Zolim o’zining xulq-atvori bilan o’zining arzimas odam ekanligini boshqalarga proyeksiyalab, kompensatsiya hosil qilishga intiladi. Bunday odamlar o’zini jabrdiyda his qilib, aslida kim ekanliklarini anglamaydilar. Zolim uchun xos bo’lgan davriylik: “Men shunchaki sizga yordam bermoqchi edim (Qutqaruvchi), siz esa menga hujum qildingiz (Jabrdiyda), men esa o’zimni himoya qilishimga to’g’ri keldi (Zolim). Shuni qayd etish lozimki, bu roldan chiqish hammasidan oson, chunki Agressorning xatti-harakatlari ochiq destruktiv tabiatga ega.

Download 60.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling