Yusupova sh. K


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Davolash. Yengil gipoglikemiya yengil o’zlashuvchi (oson) uglevodlarning 1-2 
XE miqdorda qabul qilinishi (qand, asal,qiyom, meva sharbati, limonad) hisoblanadi. 
Agar gipoglikemiya uzoq ta’sir qiluvchi insulindan chaqirilgan bo’lsa, unda qo’shimcha 
sekin o’zlashuvchi uglevodlarni (bir bo’lak non, 2 osh qoshiq bo’tqa va b.) 1-2XE 
dozada istehmol qilish kerak. O’rtacha 1XEda qonda glyukoza darajasi 2,22 mmolg’/l ga 
oshadi. 
Og’ir gipoglikemiyada hushini yo’qotgan bemorni yonboshiga yotkazish kerak. 
Og’ziga asfiksiya xavfi bo’lganligi uchun shirin eritmalar quyish mumkin emas. Vena 
ichiga 40% 20-100 ml miqdoridagi dekstroz (glyukoza) tizillatib yuboriladi. Agar hushi 
tiklanmasa, 5-10% dekstroz (glyukoza)ni tomchilab yuborish boshlanadi hamda bemorni 
jonlantirish bo’limiga yoki intensiv terapiyaga yotkaziladi. 5-10% dekstroz (glyukoza) 
vena ichiga yuboriladigan infuziya ongning tiklanishigacha quyiladi, chunki bunda 
glikemiyaning normal holatini ushlab turish kerak bo’ladi. Suyuqlikning ortiqcha 
bo’lmasligi uchun davriy tarzda 40% dekstroz (glyukoza yuboriladi. CHo’ziluvchi 
gipoglikemik komada va miya shishi xavfida vena ichiga bir marotaba 4-8 mg 
deksametazon yoki 30-60 mg prednizalon tizillatib yuboriladi. 
Gipoglikemik holatni bartaraf qilishga qarshi usul 1 mg glyukagonni (bemor 
qarindoshlari amalga oshirishi mumkin) teri ostiga yoki vena ichiga yuborish 


62 
hisoblanadi. Glyukagon yuborilgandan 5- 10 daqiqadan keyin odatda bemor hushiga 
keladi. Agar bemor hushiga kelmasa, muolaja yana takrorlanadi. Glyukagon alkogol 
gipoglikemiya va qand tushiruvchi dori vositalari normadan oshib ketganida (qoidaga 
ko’ra, oldindan o’ylanganda) samarasiz sanaladi. 
QD bemorlarida komatoz koma sababini birdaniga aniqlash imkoni yo’q, buning 
uchun esa vena ichiga glyukoza va nalokson yuboradi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling