Yusupova sh. K


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Klinik ko’rinishi. GH odatda bemorning qoniqarli holatida to’satdan 
rivojlanadi.Gipoglikemiyaga organizm reaktsiyasining individual xarakteri klinik 
ko’rinishlarning ahamiyatli variabelligi asosida yotadi.Simptomlarning ikki turi 
ajratiladi: vegetativ nerv tizimining kompensator reaktsiyasi bilan bog’liq neyrogen 
(adrenergik va xolinergik) va energetik tanqislik hamda bosh miya disfunktsiyasi natijasi 
hisoblangan neyroglikopenik. 


60 
Adrenergik simptomlarga taxikardiya, AB oshishi, ochlik hissi teri 
qoplamalarining oqarganligi, tremor, teri ajralishning oshishi, midriaz, tartibsizlik, 
tajovuzkorlik kiradi. Qator holatlarda xolinergik simptomlar: gipersalivatsiya, ko’ngil 
aynishi, qusish, diareya, paresteziya yuzaga kelishi mumkin. 
Neyroglikopenik simptomlar diqqat kontsentratsiyasining pasayishi, bosh 
og’rig’i, bosh aylanishi, dezorintatsiya, ko’rish va eshitish gallyutsinatsiyalari, nutqiy va 
axloqiy buzilishlar, xuruj, ongning buzilishida kuzatiladi. 
QDdavomli dekompensatsiyasida glikemiyaning tezkor pasayishi qonda 
glyukozaning o’ta yuqori ahamiyati (5-7 mmolg’/l) da gipoglikemiya simptomlari 
kuzatilishin hisobga olish kerak. Bunday holatlarning oldini olish uchun glikemiyani 
sekinlik bilan (bir necha hafta mobaynida) glyukozaning normal miqdoriga organizmni 
moslashtirish maqsadidagi rejalashtirilgan darajaga kamaytirish zarur. 
Tungi vaqtda sodir bo’ladigan gipoglikemiya, odatda belgisiz bo’ladi. Ularning 
ekvivalenti tungi terlash, yomon tushlar ko’rish, ertalabki bosh og’riqlari bo’lishi 
mumkin. Tungi gipoglikemiyaning o’ta ko’p uchraydigan sababi kechqurun katta 
dozada insulinni prolongirlangan ta’sirda yuborish hisoblanadi. 
Vegetativ simptom bilan bemorlarda gipoglikemiyaning adrenergik simptomlari 
kuzatilmasligi mumkin, unda hushni to’satdan yo’qotish mumkin. Unutmaslik kerakki, 
noselektiv β-adrenoblokatorlar qabul qilish gipoglikemiyaning 
adrenergik 
ko’rinishlarini deyarli to’liq bloklashishi mumkin, shuningu chun QD bemorlariga 
ularni tavsiya qilishda mahlum ehtiyot choralari ko’rilishi zarur. 
GH variabelligi va o’ziga xos emasligi glikemiya darajasini aniqlashga asoslangan 
tashhisning laborator tasdig’ini talab qiladi. GH sipmtomlar borligidan qathiy nazar 2,2 
mmolg’/l yoki klinik simptomatiklar birikmasi bilan kapillyar qonda glyukoza darajasini 
2,8mmolg’/ldan ozroq kamayishida tashhislanadi. 
Differentsial tashhis. Birinchi navbatda gipoglikemik koma differentsial tashhisi 
QD o’tkir asoratlari oqibatidagi komaning boshqa turlari, shuningdek, ichki bosh miya 
suyagi tomirlari halokati, bosh miya suyagi travmasi, miokard infarktda kardiogen 
shok, ritm va o’tkazuvchanlikning buzilishi, alkogoldan hushsizlanish va narkotiklarni 
haddan tashqari ko’p istehmol qilish bilan olib boriladi. 


61 
QD bemorlarida alkogol gipoglikemiya xususitlariga gipoglikemiya va hushsizlik 
belgilarining o’xshashligi, paydo bo’lishning cho’zilishi, takroriy gipoglikemiyaning 
ehtimoli kiradi. QD bemorlarining og’zidan alkogol hidi kelishi va xulqida o’ziga xos 
bo’lmagan xususiyatlarning bo’lishida birinchi navbatda girlglikemik holatni chiqarib 
yuborishni unutmaslik zarur. Namoyon bo’lishning kechikishi va takroriy gipoglikemiya 
ham GHga xos bo’lib, u davomiy jismoniy nagruzkadan kelib chiqadi. 
Bemorning gipoglikemik vositalarni o’rtacha dozadan ortiq qabul qilishi bilan 
bog’liq artifitsial gipoglikemiya ehtimolini haqida doimo esda tutish zarur. Bu shakl 
ko’proq bolalarda va o’smirlarda kuzatiladi, biroq kattalarda ham uchraydi. 
Tungi soatlarda gipoglikemiyaning mavjudligi tahmin qilinganda glikemiya 
darajasi tungi 2.00-4.00 soatlarda tekshirilish kerak. Tungi gipoglikemiya oqibati 
subhidamda och qoringa glyukozaning yuqori darajasi hisoblanadi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling