Yusupova sh. K


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Davolash 
DR davolash patogenetik va kompleksli bo’lishi mumkin. Boshlang’ich bosqichlarda 
davolashning eng samarali usuli lazer koagulyatsiya hisoblanadi. Diabetik nefropatiya 
(DN) 
DN QD bilan kasallangan bemorlar hayoti noxush prognozining asosiy sababi 
hisoblanadi. Mahlumki, QD 1-turi bemorlarining 1/3 qismi kasallik boshlanganidan 15-
20 yil keyin terminal buyrak yetishmovchiligidan vafot etadi. Noxush holat, asosan, 
bolalik yoshida kasallangan kishilarda kuzatiladi. Ko’rsatilishicha, DN 20 yoshgacha 


72 
bo’lgan davrda diabet boshlangan 3 nafar 50-75% bemor o’limida sabab bo’lgan. 
Buyrakning tuzilishli funktsional rivojlanishining sekin asta buzilishida ishtirok etuvchi 
DR rivojlanish bosqichining zamonaviy tasnifi 1983 yili S.Mogensen tomonidan 
o’rganilgan va hozirda butun dunyo bo’yicha qabul qilingan. 
I bosqich – buyrak giperfunktsiyasi. Diabet debyutida buyrakning funktsional 
o’zgarishi deyarli hamma bemorda aniqlanadi: buyrak hajmi kattalashgan, 
koptokcha giperfiltratsiya, qand darajasining yaxshi nazoratida qaytalanuvchi 
albuminuriya bo’lishi mumkin. 
II bosqich- buyrakning boshlang’ich tuzilishli o’zgarishi. Kasallik boshlanishidan 1,5-
2,5 yil o’tgach ko’pchilikda buyrakning tuzilishli o’zgarishi: kapillyarning bazal 
membranasining qalinlashishi, mezangial matriksning kengayishi aniqlanadi. 
Koptokcha filtratsiya tezligi bu bosqichda ortadi yoki normaga mos keladi. Siydik 
tahlilida normal albuminuriya kuzatiladi. 
III bosqich- boshlang’ich nefropatiya o’rtacha 5 yildan keyin, (kapillyarlarning bazal 
membranasi va yuqorida sanab o’tilgan hamma 9ta mezangiya o’zgarishlari), 
giperfiltratsiyani saqlab qolish, mikroalbuminuriyaning paydo bo’lishi aniqlanadi. AB 
tomonlarda morfologik o’zgarishning o’sishi bilan xarakterlanuvchi tendentsiya 
oshishi sanaladi. 
VI bosqich – nefropatiya. Taxminan 17± 6 yildan keyin rivojlanadi, dastlabki ko’rinishi 
proteinuriya hisoblanadi. Proteinuriya singari turg’unlashadi, buyrak faoliyatining 
kamayishi boshlanadi. Proteinuriyabosqichi ABning tez o’sishi bilan xarakterlanadi. Avj 
olishning o’sib borishida buyrakning hamma kasalliklari uchun umumiy bo’lgan 
mexanizmlarga bo’ysunadi va glomeruloskleroz bilan yakunlanadi. 
V bosqich- surunkali buyrak yetishmovchiligi: diffuz yoki tarmoqli glomeruloskleroz. 
Birinchi uchta bosqich klinik holatgacha bo’lgan bosqich sanaladi. 
III bosqich DN tashhisi rutin usuli bilan aniqlanilmagan alg’buminning kam molekulali 
oqsilining siydikdagi oz miqdori bilan ekskretsiya mikroalg’buminuriyaning obg’ektiv 
ko’rsatgichlariga asoslanadi. Normada siydikning bir daqiqadagi bir marotaba siydik 
portsiyasida 20 mg alg’bumin, bir kunlik siydik tahlilida 30 mg ko’proq alg’bumin 
ekskretsiyalanadi. Siydikda alg’buminning daqiqasiga 20-200 mkg yoki kuniga 30-


73 
300 mg aniqlanishi bemorda DN boshlang’ich bosqichi mavjudligidan dalolat beruvchi 
mikroalbuminuriya singari baholanadi. 
Siydik bilan albumin ekskretsiyasi oshishini quyidagi holatlarda ham aniqlanishini 
esda tutish kerak bo’ladi: 
- ketoatsidoz ko’rinishlari bilan diabet dekompensatsiyasida 
-tananing febril harorati 
-intensiv jismoniy yuklama 
-bolalarda buyrakning oshgan harakatchanligi. 
- intensiv o’sish davrida o’smirlarda ortostatik proteinuriya. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling