Yusupova sh. K


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Diabetik neyropatiya 
Diabetik neyropatiya – QD juda keng tarqalgan asoratlaridan biri hisoblanadi. Diabetik 
neyropatiyaning tarqalganligi 5 - 90% gacha kenglikni tashkil etadi. Neyropatiya 
tezligida mahlumotlarning standart diagnostik mezonlarning mavjud emasligi, turli 
darajadagi o’ziga xoslik bilan diagnoztik usullardan foydalanilmasligida kuzatiladi. 
QD da ko’plab nevrologik asoratlar periferik nerv tizimi bilan bog’liq. Diabetik periferik 
neyropatiya etiologiyasi va patofiziologiyasiga tegishli mahlumotlarning yetarli 
emasligidan hozirgi vaqtda foydalanilayotgan tasnif (NathanD.,1993) klinik 


75 
ko’rinishlarga asoslanadi. 1)simmetrik polineyropatiya: 
-sensor-motor periferik neyropatiya 
-avtonom neyropatiya 
2) o’choqli (asimmetrik) neyropatiya 
-mononeyropatiya 
-radikulopatiya 
QD 1-turi bilan 5 yildan ortiq vaqtda kasallangan bemorlar orasida diabetik neyropatiya 
14%, 10 yoshdan oshganlarda 20-25%, 20 yoshdan oshganlarda esa 65% aniqlangan. 
QD 5-10 yil davom etgan bemorlarning ko’pchiligida elektrofiziologik tadqiqot olib 
borilganda motor va sensor asab o’tkazuvchanligining kechikishi ko’rinishida periferik 
nervlar shikastlanishining klinik ko’rinishigacha bo’lgan belgilar erta aniqlandi. 
O’smirlarda asab tizimining harakat, sezish va avtonom vazifalarining subklinik 
buzilishi hatto diabetni unchalik uzoq davom etmasligida ham kuzatilishi mumkin. 
Klinik ko’rinishi 
Yosh bolalar va o’smirlarda periferik neyropatiya uchun quyidagi ko’rinishlar xosdir : 
-bolalarda harakat buzilishlari sensorga o’rnini bo’shatadi. 
- sezishning 
sezilarli 
buzilishlari 
yo’qligida 
axill 
va 
tizza 
reflekslarining pasayishi. 
- og’riq 
sindromi ko’pincha distal polineyropatiyaning hamma rivojlanish 
davrlarida kuzatilmaydi. 
- bolalarda vibratsion 
sezuvchanlik yuzaki turidagi buzilishi oqibatida eng 
oxirida 
distal polineyropatiyaning og’ir shakllarida bo’ladi. 
Avtonom neyropatiya simmetrik neyropatiya shakli singari 30-70% bemorda QD 
boshlanishidan 5-10 yil o’tgach rivojlanadi. Ko’plab bemorlarda u patologik o’zgarishlar 
turg’un bo’lmagunicha simptomsiz bo’ladi. Avtonom neyropatiya har xil organ va 
tizimlarning harakatli hamda sensor vazifalarning buzilishini chaqiradi. Jarayon 
ko’pincha yurak qon tomir, oshqozon ichak va siydik ahzolari tizimini o’ziga tortadi. 
Avtonom neyropatiyaning yurak qon tomir shakli taxikardiya va ortostatik gipotoniya, 
kam holatda kardialgiya ko’rinishida kechadi. Yurak qon tomirli avtonom neyropatiya 
tashhisi Valg’salg’va sinamasi va chuqur nafasga javoban yurak ritmi o’zgarishini, 


76 
shuningdek, tana holatining o’zgarishida AB va yurak ritmi o’zgarishini qayd qiluvchi 
testlar yordamida o’rnatiladi. 
Oshqozon ichak yo’llari shikastlanishi avtonom neyropatiyaning ikkilamchi namoyon 
bo’lishi gastroparez yoki yo’g’on ichak atoniyasi ko’rinishida aniqlanadi. 
Avtonom neyropatiyada siydik sindromi siydik pufagi to’lgani va siydik chiqarishni 
sezish pastlashishi siydik pufagi atoniyasi, siydik chiqarish tezligining kamligi va 
infektsiya rivojlanishi xavfining oshishiga olib keladi. Bemorlarda ko’pincha siydikni 
ushlay olmaslik kuzatiladi. Bu holat tashhisi uchun siydik chiqarilganidan keyin siydik 
pufagini UTT yordamida tekshiriladi. 150 ml miqdoridagi siydikning qoldiq hajmini 
aniqlash siydik pufagi disfunktsiyasini ko’rsatadi. 
Avtonom neyropatiyaning boshqa simptomlari termoregulyatsiyaning buzilishiga 
olib keladigan distal angidroz gavdada o’ta ortiq terlash kuzatiladi. Qorachiq 
innervatsiyasi har ikkala qismining shikastlanishi , qorachiqning o’rtacha torayishi va 
qorong’ulikka moslashishning qiyinlashishiga olib keladi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling