Yusupova sh. K
QANDLI DIABETNING SURUNKALI ASORATLARI DIABETIK
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85
QANDLI DIABETNING SURUNKALI ASORATLARI DIABETIK
RETINOPATIYA 70 DR-QD tomirli asoratlarning klassik namunasi.Kichik yoshdagi bemorlarda ko’rishning yomonlashishi va ko’rlikka olib keladigan sabablar orasida birinchilardan hisoblanadi. DR ekssudat o’choqlar, retinal va preretinal qon quyilishi, yangi hosil bo’lgan tomirlarning o’sishi, shox pardaning traktsion ko’chishi, rubeoz glaukomaning rivojlanishi bilan xarakterlanuvchi to’r parda tomirlari hamda to’r parda qobiqlarining o’ziga xos shikastlanishi hisoblanadi. QD 1-turi bilan 10 yildan ortiq kasallangan bemorlar orasida DR %, 15 yildan ortiq vaqt kasallanganlar orasida esa 70-90% aniqlangan. QD kompensatsiyasi qanday yomon bo’lsa, DR shuncha tez va og’ir kechadi. DR ning oftalg’moskopik ko’rinishi : -mikroanerizm ( kapillyar devorlarning tsilindrik bo’rtib chiqishi) - kapillyarlar kengayishi -nuqta yoki dog’ ko’rinishida retinal quyilishi -qattiq yoki yumshoq, paxtasimon ekssudativ o’choqlar -yangi hosil bo’lgan tomirlar -to’r parda shishi QD da ko’rishni yo’qotish shishasimon tana, makulopatiya, to’r parda qoldig’i, glaukomaga qon quyilishi oqibatida bo’lishi mumkin. Tasnifi I bosqich – noproliferativ DR. Birlamchi mikroanevrizm, nuqtali qon quyilishi, paramakulyarzonada qattiq ekssudat bilan xarakterlanadi II bosqich – preproliferativ DR, ko’plab ekssudat va yirik retinalgemorragiya , venoz anomaliya balan namoyon bo’ladi. III bosqich – proliferativ DR, shishasimon tanada retinal, preretinal qon quyilish, ko’rish nervi sohasida yoki to’r pardaning boshqa hududlarida yangi hosil bo’lgan tomirlarning o’sishi bilan xarakterlanadi. Jarayonning rivojlanishida yangi hosil bo’lgan tomirlarning yanada tez o’sishi bilan preretinal qon quyilish zonasida fibroz to’qimaning o’sishi kuzatiladi. Bu o’zgarishlar to’r pardaning vitreoretinal tortmalari va traktsion qatlamining hosil bo’lishiga olib keladi. Kamalak qobig’i (rubeoz) va old kamera |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling