Yuvi sh vositalarining tarkibiga qo’shiladigan moddalar va ularning xossalari


Download 26.27 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi26.27 Kb.
#1028567
1   2   3
Bog'liq
M3

Sochiladigan qo’shimchalar. Sintetik yuvuvchi vositalar sirt faol moddalar
qatorida sinuvchi qo’shimchalar bor (organik va noorganik). Ular sintetik yuvish
vositalari ishlatilishi va saqlashda, ishlab chiqarishda ma’lum funksiyaga ega.
Ba’zi bir qo’shimchalar yuvuvchi xossaga ega bo’lmasada, sintetik yuvish
vositasini yuvuvchi va oqartiruvchi xususiyatlarini oshiradi. Noorganik foydali
qo’shimchalar sifatida yuvish vositasini ishlab chiqarishda qo’shimcha natriy va
kalsiyning asosli tuzlari, peroksokislota tuzlar va organik optik oqartiruvchilarni
ishlatilmoqda. Asosli tuzlarga natriy fosfat (Na3PO4), natriy va kaliy pirofosfatlar
(Na4P2O7, K4P2O7), natriy va kaliy tripolifosfat (Na5P3O10, K5P3O10), natriy
karbonat (Na2CO3), natriy gidrokarbonat (NaHCO3), peroksidli tuzlarga natriy
perborat (NaBO2*H2O2*3H2O), natriy perkarbonat (NaCO3*1,5H2O2*H2O), optik
oqartiruvchi sifatida natriy sulfatdan foydalaniladi [5].
Fosfatlar. Yuvish vositasining yuvuvchanlik xususiyatini kamaytiruvchi
omillardan biri suvning qattiqligi hisoblanadi. Chunki, sovun (yog’ kislotalarini
natriyli tuzlari) kir yuvishi jarayonida Ca2+ va Mg2+ kationlari bilan reaksiyaga
kirishadi va yog’ kislotalarning kalsiyli va magniyli erimaydigan tuzlari hosil
bo’ladi. Ortganlari kir eritishda ishtirok etmay matoga chiqindilar yoki kir sifatida
o’rnab qoladi. Yuvish vositalarini qo’llashda ularni tarkibiga sirt faol moddalar va
faol qo’shimchalar ( ayniqsa fosfatlarni o’rni katta) qo’shilganda bu kamchiliklar
butunlay bartaraf etiladi. Ishqoriy yer metallari bilan suvda eriydigan fosfatlar
o’zini ionlarini bog’laydi:
Na5P3O10+CaSO4=Na3CaP3O10+ Na2SO4
Na3CaP3O10+ CaSO4= NaCa2P3O10+ Na2SO4
Na5P3O10+MgSO4=Na3MgP3O10+ Na2SO4
Na3MgP3O10+ MgSO4= NaCa2P3O10+ Na2SO4
Yog’ kislotalarining kalsiyli erimaydigan tuzlarini natriyning fosfatlari
eritmaga o’tkazishga qodir, shuning uchun zamonaviy yuvish vositalari 2,5-40%
35
(massa jixatdan) fosfatlarga to’g’ri keladi. Natriy fosfat qasmoqni ham eritishga
qodir
(RCOO)2Ca + Na5P3O10 = 2RCOONa + Na3CaP3O10
Bundan tashqari fosfatlar matoga qayta kir yopishishini oldini oladi, yuvuvchi
eritmada ularni dispergirlangan holda ushlab turadi.
Natriy fosfat qo’shimcha anionaktiv sirt faol moddalarni aralashishi
sinergizmni namoyon bo’lishiga olib keladi. Sintetik yuvish vositasini keng
ko’lamda ishlatilishi va ishlab chiqarilishi natriy polifosfat xossasiga bog’liq.
Natriy fosfat (Na3PO4) ─ yuvuvchi vositalarni asosiy komponentlatidan biri
bo’lib, u asosida olingan yuvish vositalari metallar, keramika, shisha va boshqa
qattiq buyumlar sirtini tozalashda ishlatiladi. Ishqorlar va boshqa sirt faol moddalar
bilan birgalikda qo’llaniladi. Suvli eritmalarda natriy fosfat gidrolizlanadi:
Na3PO4 + H2O ↔ Na2HPO4 +Na+ + OHNa2HPO4 + H2O ↔ NaH2PO4 +Na+ + OHNaH2PO4 + H2O ↔ H3PO4 +Na+ + OHNatriy fosfat eritmasini muhiti konsentratsiyaga bog’liq, turli
konsentratsuyada pH 10,2-12,72 orqlig’ida bo’ladi.
Natriy tripolifosfat (Na5P3O10) sintetik yuvish vositasining tarkibida kompleks
hosil qiladi, bundan tashqari u pigmentli ifloslanishni ketkizish qobilyatiga ham
ega.
Natriy tripolifosfat kristallsimon kukun massasi 365, zichligi 2,5 kg/m3,
suyuqlanish tempraturasi 880º C gat eng. Natriy tripolifosfat kam gigraskoplangan,
lekin suv yutganda kristallgidratlar hosil qiladi. Natriy tripolifosfatni suvli
eritmada ko’p turishi natijasida u gidrolizlanadi (kislota yoki ishqor ishtirokida 80º
C gidroliz tezlashadi).
Na5P3O10 + 6H2O ↔ Na5P3O10 * 6 H2O
Na5P3O10 * 6H2O ↔ Na4P2O7 + NaH2PO4 + 5H2O
Hosil bo’lgan natriy tripolifosfat geksogidrat xisobiga yuvish vositalarini
yuvuvchanligi va yuvish vositasining ivishi ortadi (shuning uchun yuvish
vositasini tayyorlash vaqti minimal bo’lishi kerak va tayyor bo’lgan
36
kompozitsiyani iloji boricha tez quritishga berish kerak). Tripolifosfatni turg’unligi
organic azot tutuvchi yoki etilendiamintetraatsetat kislotani trilon B tuzini
qo’shganda oshadi [20].
Natriy tripolifosfat ikkita ko’rinishda mavjud (forma -1 va forma-2). Ular birbiridan kristall strukturasi, natriyni atom koordinatsiyasi bilan farq qiladi. Birinchi
ko’rinish termik barqarorligi ikkinchisiga nisbatan kamroq.
Temperaturani ko’tarilishi fosfatlar gidrolizini tezlashtiradi, pH qiymatini
ortishi esa ularni parchalanishini kamaytiradi. Tripolifosfatlarni gidrolizi
kompozitsiya ishlab chiqarilishidan uncha katta bo’lmagan temperaturada kechadi.
Shuning uchun ular tayyor kukun holida yuvish vositalariga kiritiladi. Suvda suv
o’tlarining o’sishi muammosi tug’ulguncha natriy tripolifosfatni ishlab chiqarilishi
yuqori edi. Yuvuvchi vositalar tarkibida natriytripolifosfatning yo’qligi iste’molchi
tomonidan ularga bo’lgan talabning kamayishiga olib keladi. Uning o’rnini
bosadigan komponentlar olish bo’yicha ko’plab ishlar olib borilmoqda.
Natriytripolifosfatni asosiy qismi yuvish vositasi ishlab chiqarishga sarflanadi,
ammo uni mato sanoati va teri ishlab chiqarishda oqartirish va yuvish, rudani
flatatsion boyitish, bo’yoqlarni dispergatsiyasida, sintetik kauchuk ishlab chiqarish,
suvni yumshatish, neftni burg’ulash, qog’oz ishlab chiqarish va boshqa
mahsulotlarni qayta oqartirish uchun ishlatiladi [14].
Natriy karbonat yoki konsinirlangan soda (Na2CO3) ─ oq rangli kichik
kristallangan modda. Nisbiy molekulyar massasi 106, zichligi 2535kg ⁄ m3,
sinuvchanlik zichligi 550-600 kg ⁄ m3 suyuqlanish temperaturasi 154ºC. Ochiq
xavoda natriy karbonat suv va karbonat angidrid gazlarini yutadi (qisman
bikarbonatga aylanadi) va saqlanishini, tashishni qiyinlashtiradi. Kolsinirlangan
soda suvda yaxshi eriydi, uning eruvchanligi (massa %) temperature ortishi bilan
ko’tariladi : 0ºC-6,5; 20ºC-17,9; 50ºC-32,1; 70ºC-31,3; 100ºC-30,9 ga teng bo’ladi.
Natriy karbonat suvli eritmada gidroksid ionlarini hosil qiladi:
Na2CO3↔ Na+ +CO3-2 +H2O ↔ OH- + HCO3- + Na+
HCO3- + H2O ↔ H2CO3 + OH-
37
Natriy karbonatning konsentrlangan suvli eritmalari yuqori ishqoriy muhitga
ega pH=11,2-11,5. Kir yuvish jarayonida natriy karbonat matodagi yog’li
ifloslanishni eritmaga o’tkazadi. Xuddi shu bilan yuvish vositasining sifatini
oshiradi. Bundan tashqari konsinirlangan soda suvni qattiqligini yumshatib, kalsiy
va magniy ionlarini bog’lashda va ularni suvda eriydigan birikmalarga o’tkazishga
yordam beradi. Natriy karbonat og’ir metallarni tuzlari ishtirokisiz ishlatiladi,
chunki og’ir metallar tuzlari bilan rang xiralashadi. Chiqarilayotgan konsinirlangan
sodani birinchi navi 99,4 %, 0,45% natriy xlorid, 0,03 % suvda erimaydigan
aralashmalardan iborat.
Natriy gidrokarbonat (NaHCO3) ─ oq rangli kristall, molekulyar massasi 84,
zichligi 2160-2200 kg ⁄ m3. Natriy gidrokarbonat 50ºC da parchalanishni boshlaydi
va 100-150ºC ga yetganda butunlay parchalanib karbonatga aylanadi. Natriy
gidrokarbonatni suvdagi eritmasi kuchsiz ishqoriy reaksiyaga kirishadi:
NaHCO3 ↔ Na+ +HCO3-
HCO3- +H2O ↔ OH- + H2CO3
Yuvish vositasi tarkibiga natriy gidrokarbonatning qo’shilishi ishqoriy
muhitni oshiradi. Buning natijasida yuvuvchanlik xususiyati ortadi.
Natriy gidrokarbonat natriy karbonatga nisbatan eruvchanligi kam, uni
quyidagi jadvalda keltirilgan:
2-jadval.

tºC

20

50

70

100

Eruvchanlik % (massa)

8,75

12,7

15,45

19,55

Natriy sulfat (Na2SO4) ─ oq rangli kristall, molrkulyar massasi 142, zichligi


2698kg ⁄ m3 suyuqlanish temperaturasi 884ºC. Natriy sulfatning suvda eruvchanligi
temperatura ortishi bilan sezilarli darajada o’zgarib boradi:
38
Natriy sulfat eruvchanligining temperaturaga bog’liqligi.
3-jadval.

tºC

0

0,6

1,2

10

15

20

30

40

50

70

100

Eruvchanlik
% (massa)

0,45

1,96

3,85

8,2

11,7

16,1

28,8

32,5

31,9

30,5

29,9

32,5ºC da to’yingan eritmada 33,6 % tuzdan iborat. Ishqoriy muhitda natriy


sulfatning eruvchanligi kamayadi. Natriy sulfat elektrolit xisoblanadi. Yuvish
vositalari eritmalarida mitsella hosil qilishi kritik konsentratsiyasini kamaytiradi,
sirt faollikni yuqori namoyon qilishga yordam beradi.

Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling