Yuvi sh vositalarining tarkibiga qo’shiladigan moddalar va ularning xossalari
Download 26.27 Kb.
|
M3
Ko’piklar. Agar emulsiyada bir suyuqlik o’rniga gaz olinsa ko’pik hosil
bo’ladi. Ko’pikda dispersion muhit sifatida hamma vaqt suyuqlik ximat qiladi, lekin suyuqlik ko’pik hajmining juda oz qismini tashkil etadi. Ko’pik – gaz va suyuqlikdan iborat yuqori konsentratsiyadagi mikrogetoregen sistemadir . Ko’pikning disperslik darajasi juda past bo’lgami uchun ko’piklar dag’al dispers sistemalar jumlasiga kiritiladi. Konsentrlangan ko’piklar hosil qilish uchun xuddi emulsiyadagi kabi stabilizator kerak bo’ladi. Masalan, suv va havodan iborat barqaror ko’pik olish uchun sovun, yetmak va oqsillar stabilizator sifatida ishlatiladi. Xuddi emulsiyalardagi kabi bu yerda ham, stabilizatorlik vazifasini sirt-aktiv moddalar bajariladi. Stabilizator suyuqlikning sirt tarangligini kamaytirib, mexanik jihatdan mustahkam pardalar hosil bo’lishini ta’minlaydi. Ko’pik pardasi pishiq bo’lgandagina ko’pik barqaror bo’ladi. Faqat elastik pardalardan iborat ko’piklar uzoq vaqt tura oladi. Har qanday ko’pikni miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun ko’pikning ko’payuvchanligi (karraliligi) nomli kattalik “ K” kiritilgan : K=VK/VC Bu yerda VK – ko’pik hajmi, VC – suyuqlik (parda holatidagi suyuqlik) hajmi. 39 Ko’piklarni xarakterlashda yana disperslik (ya’ni ko’pik pufakchalarining o’rtacha diametri), suyuqlik pardalariningo’rtacha qalinligi, ko’pikning mustahkamligi o’z – o’zicha yemirilish vaqti 0, ko’pik pardalarining yupqalanish tezligi kai ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Albata, amaliy jihatdan qaraganda ko’pikning ikki ko’rsatkichi, ya’ni stabillanishi va yemirilish vaqti katta ahamiyatga ega . ko’pikka turli moddalar qo’shish bilan bu ikki protsess tezligiga katta ta’sir ko’rsatish mumkin. Masalan, Dyuar sovun eritmasiga turli moddalar qo’shish va tayyorlash usulini tanlash natijasida sovun ko’pigi urini 3 yilga yetkaza olgan (vaholanki sovun ko’pigining umri odatda bir necha sekund bilan o’lchahnadi). Ko’pik umrining uzoq-qisqaligiga temperatura va eritmadagi pH qiymati katta ta’sir ko’rsatadi. Ko’piklar ham turmush va texnikada katta ahamiyatga ega . Masalan, rudalarni boyitishda ishlatiladigan flotatsiya usuli ko’pik hosil qilish protsesiga asoslangan. Hozirgi vaqtda struktura to’rlari qattiq moddalardan iborat bo’lgan qattiq ko’piklar (aerogellar ) nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ulardan izolyatsion materiallar, mikrog’ovak charmlar, penoplast, ko’pikshisha va boshqa materiallar tayorlanadi. Qattiq ko’pik ( masalan, ammoniy bikarbonat, mochevina va boshqalar) qo’shib, aralashma 150-1800 da paechalanadi; bu vaqtda gaz mahsulotlar ( azot, karbonat angidrid, suv bug’i va boshqalar ) ajralib chiqib, sistemada mikrog’ovakli struktura hosil bo’ladi [14.15]. Konditer ko’piklar ( tort va boshqa noz ne’matlar ) ham qattiq ko’piklar jumlasiga kiradi. Download 26.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling