Yuvi sh vositalarining tarkibiga qo’shiladigan moddalar va ularning xossalari
Download 26.27 Kb.
|
M3
Sochiladigan qo’shimchalar. Sintetik yuvuvchi vositalar sirt faol moddalar
qatorida sinuvchi qo’shimchalar bor (organik va noorganik). Ular sintetik yuvish vositalari ishlatilishi va saqlashda, ishlab chiqarishda ma’lum funksiyaga ega. Ba’zi bir qo’shimchalar yuvuvchi xossaga ega bo’lmasada, sintetik yuvish vositasini yuvuvchi va oqartiruvchi xususiyatlarini oshiradi. Noorganik foydali qo’shimchalar sifatida yuvish vositasini ishlab chiqarishda qo’shimcha natriy va kalsiyning asosli tuzlari, peroksokislota tuzlar va organik optik oqartiruvchilarni ishlatilmoqda. Asosli tuzlarga natriy fosfat (Na3PO4), natriy va kaliy pirofosfatlar (Na4P2O7, K4P2O7), natriy va kaliy tripolifosfat (Na5P3O10, K5P3O10), natriy karbonat (Na2CO3), natriy gidrokarbonat (NaHCO3), peroksidli tuzlarga natriy perborat (NaBO2*H2O2*3H2O), natriy perkarbonat (NaCO3*1,5H2O2*H2O), optik oqartiruvchi sifatida natriy sulfatdan foydalaniladi [5]. Fosfatlar. Yuvish vositasining yuvuvchanlik xususiyatini kamaytiruvchi omillardan biri suvning qattiqligi hisoblanadi. Chunki, sovun (yog’ kislotalarini natriyli tuzlari) kir yuvishi jarayonida Ca2+ va Mg2+ kationlari bilan reaksiyaga kirishadi va yog’ kislotalarning kalsiyli va magniyli erimaydigan tuzlari hosil bo’ladi. Ortganlari kir eritishda ishtirok etmay matoga chiqindilar yoki kir sifatida o’rnab qoladi. Yuvish vositalarini qo’llashda ularni tarkibiga sirt faol moddalar va faol qo’shimchalar ( ayniqsa fosfatlarni o’rni katta) qo’shilganda bu kamchiliklar butunlay bartaraf etiladi. Ishqoriy yer metallari bilan suvda eriydigan fosfatlar o’zini ionlarini bog’laydi: Na5P3O10+CaSO4=Na3CaP3O10+ Na2SO4 Na3CaP3O10+ CaSO4= NaCa2P3O10+ Na2SO4 Na5P3O10+MgSO4=Na3MgP3O10+ Na2SO4 Na3MgP3O10+ MgSO4= NaCa2P3O10+ Na2SO4 Yog’ kislotalarining kalsiyli erimaydigan tuzlarini natriyning fosfatlari eritmaga o’tkazishga qodir, shuning uchun zamonaviy yuvish vositalari 2,5-40% 35 (massa jixatdan) fosfatlarga to’g’ri keladi. Natriy fosfat qasmoqni ham eritishga qodir (RCOO)2Ca + Na5P3O10 = 2RCOONa + Na3CaP3O10 Bundan tashqari fosfatlar matoga qayta kir yopishishini oldini oladi, yuvuvchi eritmada ularni dispergirlangan holda ushlab turadi. Natriy fosfat qo’shimcha anionaktiv sirt faol moddalarni aralashishi sinergizmni namoyon bo’lishiga olib keladi. Sintetik yuvish vositasini keng ko’lamda ishlatilishi va ishlab chiqarilishi natriy polifosfat xossasiga bog’liq. Natriy fosfat (Na3PO4) ─ yuvuvchi vositalarni asosiy komponentlatidan biri bo’lib, u asosida olingan yuvish vositalari metallar, keramika, shisha va boshqa qattiq buyumlar sirtini tozalashda ishlatiladi. Ishqorlar va boshqa sirt faol moddalar bilan birgalikda qo’llaniladi. Suvli eritmalarda natriy fosfat gidrolizlanadi: Na3PO4 + H2O ↔ Na2HPO4 +Na+ + OHNa2HPO4 + H2O ↔ NaH2PO4 +Na+ + OHNaH2PO4 + H2O ↔ H3PO4 +Na+ + OHNatriy fosfat eritmasini muhiti konsentratsiyaga bog’liq, turli konsentratsuyada pH 10,2-12,72 orqlig’ida bo’ladi. Natriy tripolifosfat (Na5P3O10) sintetik yuvish vositasining tarkibida kompleks hosil qiladi, bundan tashqari u pigmentli ifloslanishni ketkizish qobilyatiga ham ega. Natriy tripolifosfat kristallsimon kukun massasi 365, zichligi 2,5 kg/m3, suyuqlanish tempraturasi 880º C gat eng. Natriy tripolifosfat kam gigraskoplangan, lekin suv yutganda kristallgidratlar hosil qiladi. Natriy tripolifosfatni suvli eritmada ko’p turishi natijasida u gidrolizlanadi (kislota yoki ishqor ishtirokida 80º C gidroliz tezlashadi). Na5P3O10 + 6H2O ↔ Na5P3O10 * 6 H2O Na5P3O10 * 6H2O ↔ Na4P2O7 + NaH2PO4 + 5H2O Hosil bo’lgan natriy tripolifosfat geksogidrat xisobiga yuvish vositalarini yuvuvchanligi va yuvish vositasining ivishi ortadi (shuning uchun yuvish vositasini tayyorlash vaqti minimal bo’lishi kerak va tayyor bo’lgan 36 kompozitsiyani iloji boricha tez quritishga berish kerak). Tripolifosfatni turg’unligi organic azot tutuvchi yoki etilendiamintetraatsetat kislotani trilon B tuzini qo’shganda oshadi [20]. Natriy tripolifosfat ikkita ko’rinishda mavjud (forma -1 va forma-2). Ular birbiridan kristall strukturasi, natriyni atom koordinatsiyasi bilan farq qiladi. Birinchi ko’rinish termik barqarorligi ikkinchisiga nisbatan kamroq. Temperaturani ko’tarilishi fosfatlar gidrolizini tezlashtiradi, pH qiymatini ortishi esa ularni parchalanishini kamaytiradi. Tripolifosfatlarni gidrolizi kompozitsiya ishlab chiqarilishidan uncha katta bo’lmagan temperaturada kechadi. Shuning uchun ular tayyor kukun holida yuvish vositalariga kiritiladi. Suvda suv o’tlarining o’sishi muammosi tug’ulguncha natriy tripolifosfatni ishlab chiqarilishi yuqori edi. Yuvuvchi vositalar tarkibida natriytripolifosfatning yo’qligi iste’molchi tomonidan ularga bo’lgan talabning kamayishiga olib keladi. Uning o’rnini bosadigan komponentlar olish bo’yicha ko’plab ishlar olib borilmoqda. Natriytripolifosfatni asosiy qismi yuvish vositasi ishlab chiqarishga sarflanadi, ammo uni mato sanoati va teri ishlab chiqarishda oqartirish va yuvish, rudani flatatsion boyitish, bo’yoqlarni dispergatsiyasida, sintetik kauchuk ishlab chiqarish, suvni yumshatish, neftni burg’ulash, qog’oz ishlab chiqarish va boshqa mahsulotlarni qayta oqartirish uchun ishlatiladi [14]. Natriy karbonat yoki konsinirlangan soda (Na2CO3) ─ oq rangli kichik kristallangan modda. Nisbiy molekulyar massasi 106, zichligi 2535kg ⁄ m3, sinuvchanlik zichligi 550-600 kg ⁄ m3 suyuqlanish temperaturasi 154ºC. Ochiq xavoda natriy karbonat suv va karbonat angidrid gazlarini yutadi (qisman bikarbonatga aylanadi) va saqlanishini, tashishni qiyinlashtiradi. Kolsinirlangan soda suvda yaxshi eriydi, uning eruvchanligi (massa %) temperature ortishi bilan ko’tariladi : 0ºC-6,5; 20ºC-17,9; 50ºC-32,1; 70ºC-31,3; 100ºC-30,9 ga teng bo’ladi. Natriy karbonat suvli eritmada gidroksid ionlarini hosil qiladi: Na2CO3↔ Na+ +CO3-2 +H2O ↔ OH- + HCO3- + Na+ HCO3- + H2O ↔ H2CO3 + OH- 37 Natriy karbonatning konsentrlangan suvli eritmalari yuqori ishqoriy muhitga ega pH=11,2-11,5. Kir yuvish jarayonida natriy karbonat matodagi yog’li ifloslanishni eritmaga o’tkazadi. Xuddi shu bilan yuvish vositasining sifatini oshiradi. Bundan tashqari konsinirlangan soda suvni qattiqligini yumshatib, kalsiy va magniy ionlarini bog’lashda va ularni suvda eriydigan birikmalarga o’tkazishga yordam beradi. Natriy karbonat og’ir metallarni tuzlari ishtirokisiz ishlatiladi, chunki og’ir metallar tuzlari bilan rang xiralashadi. Chiqarilayotgan konsinirlangan sodani birinchi navi 99,4 %, 0,45% natriy xlorid, 0,03 % suvda erimaydigan aralashmalardan iborat. Natriy gidrokarbonat (NaHCO3) ─ oq rangli kristall, molekulyar massasi 84, zichligi 2160-2200 kg ⁄ m3. Natriy gidrokarbonat 50ºC da parchalanishni boshlaydi va 100-150ºC ga yetganda butunlay parchalanib karbonatga aylanadi. Natriy gidrokarbonatni suvdagi eritmasi kuchsiz ishqoriy reaksiyaga kirishadi: NaHCO3 ↔ Na+ +HCO3- HCO3- +H2O ↔ OH- + H2CO3 Yuvish vositasi tarkibiga natriy gidrokarbonatning qo’shilishi ishqoriy muhitni oshiradi. Buning natijasida yuvuvchanlik xususiyati ortadi. Natriy gidrokarbonat natriy karbonatga nisbatan eruvchanligi kam, uni quyidagi jadvalda keltirilgan: 2-jadval.
Natriy sulfat (Na2SO4) ─ oq rangli kristall, molrkulyar massasi 142, zichligi 2698kg ⁄ m3 suyuqlanish temperaturasi 884ºC. Natriy sulfatning suvda eruvchanligi temperatura ortishi bilan sezilarli darajada o’zgarib boradi: 38 Natriy sulfat eruvchanligining temperaturaga bog’liqligi. 3-jadval.
32,5ºC da to’yingan eritmada 33,6 % tuzdan iborat. Ishqoriy muhitda natriy sulfatning eruvchanligi kamayadi. Natriy sulfat elektrolit xisoblanadi. Yuvish vositalari eritmalarida mitsella hosil qilishi kritik konsentratsiyasini kamaytiradi, sirt faollikni yuqori namoyon qilishga yordam beradi. Download 26.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling