Yuvi sh vositalarining tarkibiga qo’shiladigan moddalar va ularning xossalari


Download 26.27 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi26.27 Kb.
#1028567
1   2   3
Bog'liq
M3

Ko’piklar. Agar emulsiyada bir suyuqlik o’rniga gaz olinsa ko’pik hosil
bo’ladi. Ko’pikda dispersion muhit sifatida hamma vaqt suyuqlik ximat qiladi,
lekin suyuqlik ko’pik hajmining juda oz qismini tashkil etadi. Ko’pik – gaz va
suyuqlikdan iborat yuqori konsentratsiyadagi mikrogetoregen sistemadir .
Ko’pikning disperslik darajasi juda past bo’lgami uchun ko’piklar dag’al dispers
sistemalar jumlasiga kiritiladi.
Konsentrlangan ko’piklar hosil qilish uchun xuddi emulsiyadagi kabi
stabilizator kerak bo’ladi. Masalan, suv va havodan iborat barqaror ko’pik olish
uchun sovun, yetmak va oqsillar stabilizator sifatida ishlatiladi. Xuddi
emulsiyalardagi kabi bu yerda ham, stabilizatorlik vazifasini sirt-aktiv moddalar
bajariladi. Stabilizator suyuqlikning sirt tarangligini kamaytirib, mexanik jihatdan
mustahkam pardalar hosil bo’lishini ta’minlaydi. Ko’pik pardasi pishiq
bo’lgandagina ko’pik barqaror bo’ladi. Faqat elastik pardalardan iborat ko’piklar
uzoq vaqt tura oladi.
Har qanday ko’pikni miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun ko’pikning
ko’payuvchanligi (karraliligi) nomli kattalik “ K” kiritilgan :
K=VK/VC
Bu yerda VK – ko’pik hajmi, VC – suyuqlik (parda holatidagi suyuqlik) hajmi.
39
Ko’piklarni xarakterlashda yana disperslik (ya’ni ko’pik pufakchalarining
o’rtacha diametri), suyuqlik pardalariningo’rtacha qalinligi, ko’pikning
mustahkamligi o’z – o’zicha yemirilish vaqti 0, ko’pik pardalarining yupqalanish
tezligi kai ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Albata, amaliy jihatdan qaraganda
ko’pikning ikki ko’rsatkichi, ya’ni stabillanishi va yemirilish vaqti katta
ahamiyatga ega . ko’pikka turli moddalar qo’shish bilan bu ikki protsess tezligiga
katta ta’sir ko’rsatish mumkin. Masalan, Dyuar sovun eritmasiga turli moddalar
qo’shish va tayyorlash usulini tanlash natijasida sovun ko’pigi urini 3 yilga yetkaza
olgan (vaholanki sovun ko’pigining umri odatda bir necha sekund bilan
o’lchahnadi). Ko’pik umrining uzoq-qisqaligiga temperatura va eritmadagi pH
qiymati katta ta’sir ko’rsatadi.
Ko’piklar ham turmush va texnikada katta ahamiyatga ega .
Masalan, rudalarni boyitishda ishlatiladigan flotatsiya usuli ko’pik hosil qilish
protsesiga asoslangan.
Hozirgi vaqtda struktura to’rlari qattiq moddalardan iborat bo’lgan qattiq
ko’piklar (aerogellar ) nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ulardan izolyatsion
materiallar, mikrog’ovak charmlar, penoplast, ko’pikshisha va boshqa materiallar
tayorlanadi. Qattiq ko’pik ( masalan, ammoniy bikarbonat, mochevina va
boshqalar) qo’shib, aralashma 150-1800 da paechalanadi; bu vaqtda gaz
mahsulotlar ( azot, karbonat angidrid, suv bug’i va boshqalar ) ajralib chiqib,
sistemada mikrog’ovakli struktura hosil bo’ladi [14.15].
Konditer ko’piklar ( tort va boshqa noz ne’matlar ) ham qattiq ko’piklar
jumlasiga kiradi.
Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling