Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


- ish. KAROTIN (A PROVITAMIN)NI ANIQLASH


Download 2.77 Mb.
bet30/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2

- ish. KAROTIN (A PROVITAMIN)NI ANIQLASH




Kerakli reaktiv va asboblar: o’simlik bargi yoki sabzi, atseton, efir, benzin, xromatografiya qog’ozi, Kamovskiy yoki suv nasosi, Bunzen kolbasi, ajratgich voronka, silindr, pipetkalar, chinni hovoncha, o’lchov kolbasi, qaychi, pichoq.

A vitamin faqat hayvonlar organizmida bo’ladi. O’simliklar esa hayvonlar organizmida parchalanib, A vitaminga aylanadigan birikmalar (provitamin A) – karotinlar saqlaydi. Karotinlarning turi ko’p bo’lib, ular o’zaro yaqin kimyoviy tuzilishga ega. Ular karotinoidlar nomi bilan ataladi. Ko’pincha o’simliklarda fiziologik jihatdan faol bo’lgan β – karotin uchraydi.


U quyidagi kimyoviy tuzilishga ega:
CH3 H3C
CH3 H3C
(CH – CH – C = CH)2 – CH = CH – (CH = C – CH = CH)2
CH3 CH3 CH3 H3C

1881 yilda Vakenroder karotinni birinchi marta sabzidan ajratib olgan. 1906 yilda Vilshteter karotinning kimyoviy tuzilishini aniqladi. Lekin hayvonlar organizmida A vitamin karotindan hosil bo’lishi ancha keyin ma’lum bo’ldi.


Sanoatda ko’p miqdorda karotin qizil sabzidan (tarkibida 20 mg % gacha karotin bor) va qovoqning to’q sariq rangli navlaridan (etining tarkibida 16 ml % karotin bor) olinadi.
O’simliklar to’qimasi tarkibidagi karotinni boshqa pigmentlardan ajratib olishda eng oddiy, tez va oson bajariladigan usullaridan biri, qog’oz xromatografiyasi hisoblanadi. Karotinni bu usulda ajratib olishdan oldin, u o’simliklar to’qimasidan boshqa pigmentlar bilan birga organik erituvchilar yordamida ekstraktsiya qilinadi. Odatda o’simliklar to’qimasidagi pigmentlarni spirt yoki atseton yordamida ajratib olinadi. Agar yashil pigmentdan (xlorofill) sariq pigmentlarni (karotin va ksantofil) ajratish zarurati tug’ilib qolsa, pigmentlarning spirt yoki atsetondagi eritmasi ustiga efir yoki benzin qo’shib ajratgich voronkasida ajratib olinadi.

  1. Download 2.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling