Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi
Download 2.77 Mb.
|
efir moylari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-rasm.
Oddiy qora zira (Carum carvi) soyabonguldoshlar Umbelliferae oilasiga kiradi. Ikki yillik, bo‘yi 30-80 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Birinchi yili ildizidan ildizoldi barglar, ikkinchi yili esa ildizoldi barglar hamda poya o‘sib chiqadi. Mevasi - cho‘ziq qo‘shaloq pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul- avgustda pishadi.
Geografik tarqalishi. O‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida va o‘tloq yerlarda yovvoyi holda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining o‘rmon va o‘rmon cho‘l zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va O‘rta Osiyoning tog‘li tumanlarida uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus respublikalarida o‘stiriladi.
Moy tarkibida 50-60% karvon, 40-50% limonen, 40-70% karvakrol, digidrokarvon va digidrokarveol birikmalari bo‘ladi. Qora zira mevasi oziq-ovqat, parfyumeriya va boshqalarda ham katta ahamiyatga ega. Dorivor preparatlari. Qora zira mevasi, efir moyi (qandga 1-3 tomchi tomizib iste’mol qilinadi) va meva suvi. Mevasi me’da yig‘malari - choylari tarkibiga kiradi. Tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklarBangidevona (Datura stramonium) ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik (o‘stiriladigani bir yillik), bo‘yi 60-150 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, yashilroq yoki qizg‘ish-binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli, kulrang - yashil, tuxumsimon yoki cho‘ziq - tuxumsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o‘yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo‘lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Mevasi - ko‘p urug‘li, sharsimon, kulrang - yashil yoki qo‘ng‘ir rangli va tikanli ko‘sakcha. Meksika bangidevonasi iyul - oktabr oylarida gullaydi, mevasi avgust oyidan boshlab pishadi. O‘simlikning hamma qismi zaharli.
Download 2.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling