Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


-rasm. Datura stramonium -


Download 2.77 Mb.
bet10/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2

11-rasm. Datura stramonium -
bangidevona

Asosiy alkaloidi skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38-0,55% va urug‘ida 0,31- 0,77% skopolamin bo‘ladi. Mevadan skopolamindan tashqari giossiamin, norgiossiamin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan.
Dorivor preparati. Skopalamin gidrobromid. Skopalamin alkaloidining kamfora bilan hosil qilgan birikmasi aeron preparati tarkibiga kiradi.



Pushti katarantus (pushti bo‘rigul) (Catharanthus roseus) kendirdoshlar Apacynaceae oilasiga kiradi. Tik o‘suvchi yoki yoyilib o‘suvchi, balandligi (uzunsimon) 30-60 sm li poyali, doim yashil buta. Mevasi - qo‘shbargcha.
Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda nam tropik yerlarda Indoneziyada (Yava orolida), Vetnam, Malayziya, Hindiston va va boshqa davlatlarda o‘sadi. Ajariya respublikasining Qora dengiz bo‘yida joylashgan „Kobuletskiy“ sovxozida o‘stiriladi.


12-rasm. (Catharanthus roseus) - Pushti katarantus

Mahsulot tayyorlash. O‘simlik barglari u qiyg‘os gullab, meva tuga boshlagan davrida yig‘iladi. Buning uchun ikkinchi darajali novdalarni yerdan 10- 15 sm balandlikda qirqib, 40-50°C da quritgichlarda quritiladi. So‘ngra qurigan mahsulotni maydalab, yirik poyalardan ajratiladi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibidagi indol unumi bo‘lgan ikki guruhga kiruvchi 80 tagacha alkaloidlar bor: monomerlar (aymalin, serpentin, loxnerin va boshqalar) hamda dimerlar (vinblastin, vinkristin va boshqalar). Monomer alkaloidlari rauvolfiya alkaloidlari singari organizmga ta’sir ko‘rsatadi. Dimer alkaloidlari alohida diqqatga sazovordir. Ulardan 6 tasi yomon shishlarni - rak kasalligini davolash ta’siriga ega bo‘lib, shulardan ikkitasi - vinblastin va vinkristin tibbiyotda qo‘llanilmoqda. Alkaloidlardan tashqari, mahsulotda yana oksikarbon kislotalar, flavonoidlar, glikozidlar va boshqa moddalar bor.

Dorivor preparat. Rozevin sulfat (vinblastin sulfat) (ampulada va shisha idishda quritilgan holda chiqariladi), vinkristin sulfat (shisha idishda quritilgan holda ampuladagi erituvchi bilan birgalikda chiqariladi).

    1. Download 2.77 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling