Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi
-rasm. Amygdalus communis – bodom gulli
Download 2.77 Mb.
|
efir moylari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorivor limono‘t (
7-rasm. Amygdalus communis – bodom gulli shoxchasi
45-62% moy, vitamin B2, 20% oqsil moddalar, 2-3% saxaroza va emulsin fermenti bo‘ladi. Achchiq bodom urug‘ida yana 2,2-3,5% amigdalin glyukozidi uchraydi. Tibbiyotda ishlatiladigan bodom moyi sovuq presslash usuli bilan olinadi. Bodom moyi quyuq, sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, uning zichligi 0,913-0,918 g/sm3 ga teng. Moy 10°C haroratgacha sovutilganda qotmasligi kerak. Bodom moyi qurimaydigan suyuq moylarga kiradi, unda 83% olein, 16% linol kislotalarning glitseridlari va 0,5% gidrolizlanmaydigan moddalar bor. Dorivor preparatlari. Bodom moyi va moy emulsiyasi, chuchuk bodom urug‘idan tayyorlangan emulsiya. Tarkibida efir moylari bo‘lgan dorivor o‘simliklarDorivor limono‘t (Melissa Officinalis) yasnotkadoshlar Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik. Poyasi bitta yoki ko‘p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz o‘tkir uchli, sertuk (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo‘lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o‘rnashgan. Mevasi - 4 ta yong‘oqcha. Iyun - avgustda gullaydi, mevasi iyul - avgustda yetiladi. Geografik tarqalishi. O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismining janubida va boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog‘li tumanlarda toshlar soyasida va boshqa soya yerlarda o‘sadi. O‘zbekistonning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Kimyoviy tarkibi. Yer ustki qismi tarkibida 0,01-0,33% efir moyi, C vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin-7-glikozid va boshqalar), 5-10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 20-27% yog‘ bor. Limono‘tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, farnezol va ularning sirka kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegon, geraniol, nerol va boshqa terpenlardan tashkil topgan. Dorivor preparatlari. Damlama. Download 2.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling