Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


Yer ustki qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar


Download 2.77 Mb.
bet13/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2

Yer ustki qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar


Yer ustki qismlari dorivor mahsulot beradigan o‘simliklarga misol qilib na’matak (Rosa L.), sebarga (Trifolium pratense L.) va kiyiko‘tni (Ziziphora pedicellata Pazij.) ko‘rsatish mumkin. Bu o‘simliklarning barchasi O‘rta Osiioda uchraydi.
Sebarga (Trifolium) Dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga mansub, bo‘yi 25- 50 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Xalq tabobatida sebarganing yer ustki qismlari va guli ishlatiladi. O‘simlik gullagan vaqtda uning yer ustki qismlari yoki ayrim gullari yig‘iladi va soya yerda quritiladi. O‘tloq sebargasining yer ustki qismlari tarkibida C va B guruhidagi vitaminlar,
karotinoidlar, kumarinlar, 2,7% flavonoidlar (trifolin, izotrifolin, kversetin, izokversetin, kempferol, izoramnetin), 4,5% qandlar, 0,36% antotsianlar, salitsilat va boshqa organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Uning guli va yer ustki qismlaridan tayyorlangan qaynatma va

17
16-rasm. Trifolium -


Sebarga


damlamasi xalq tabobatida astma, ko‘kyo‘tal, ko‘krak qisishi, kamqonlik, gipertoniya, bezgak, me’da yarasi, kuygan yerlarni, xavfli shishlarni va shamollashni davolash uchun hamda balg‘am ko‘chiruvchi, siydik haydovchi va antiseptik dori sifatida qo‘llaniladi.


Isiriq (Peganum harmala L.) Tuyatovondoshlar - Zygophyllaceae oilasiga mansub, bo‘yi 20-60 sm bo‘ladigan o‘t o‘simlik. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari oddiy, 4-5 bo‘lakka (bo‘laklari qalamsimon - nashtarsimon) ajralgan bo‘lib, poyada va shoxlarida ketma-ket joylashgan, poyasining pastki qismidagilari qisqa bandli, yuqoridagilari bandsiz. Mevasi - sharsimon, uch chanoqli ko‘sakcha. May - iyun oylarida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi. O‘simlikning hamma qismlari zaharli!
Geografik tarqalishi. Rossiyaning Yevropa qismi janubida, O‘rta Osiyo va Kavkazdagi cho‘llarda, adirlarda, foydalanilmaydigan o‘tloqlarda, tog‘larning quyi qismida, qumloq, toshloq, tuproqli joylarda va begona o‘t sifatida ekinzorlarda o‘sadi.




Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling