shartli ravishda
o'quv axborotlarining bayonini muammoli boshlash
deb nomlanadigan
metoddir. M aterialni muammoli bayon qilish metodidan bu metod
muammoli vaziyat faqat materialni bayon qilish boshidagina yaratilishi
bilangina farqlanadi. Keyinchalik material axborot usulida bayon qilinadi.
Albatta, bu metod yuqorida talabaning ijodiy izlanish faoliyati, ayniqsa,
ijodiy metodida ko'ringan ko'nikmalami hosil qilishga imkoniyat bermaydi.
Lekin talabalaming mashg'ulot ibtidosida olgan ilxomlari barcha materialni
faol idrok qilishga, unga yuqori qiziqish uyg'otishga bevosita turtki beradi.
Yuqoridagi barcha metodlar orasida bu metod o'zining oddiyligi bilan ajralib
turadi
Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi ehtimol ko'ringan didaktik
maqsadlami hisobga olish zarur: o'quv materialiga talabalar diqqatini jalb
qilish, ulaming bilishga bo'lgan qiziqishini uyg'otish, talabalaming bilish
faoliyatini jonlantirish, ulami intellektual zo'riqish mashaqqatlariga olib
kelish, talabalar tomonidan egallangan hoziigi bilim, malaka va ko'nikmalar
kelajakda yuzaga keladigan bilishga bo'lgan talablarini qondira olmasligini
ko'rsata bilish hamda talabalaiga o'quv muammolarini tahlil qilishga, uning
yechilishidagi eng ratsional yo'llami aniqlashda yordam berish kerak.
O'quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:
1. Talabalar qo'yilgan vazifaning yechilish usulini bilmaydilar, muammoli
savolga javob berolmaydilar.
2. Talabalar awal olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish
zaruriyatiga duch keladilar.
3. Vazifaning nazariy jihatdan yechilishi mumkin bo'lgan yo'li va
tanlangan usulning amaliy jihatdan qo'llash qiyinligi orasida ziddiyat yuz
beradi.
4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy
jihatdan asoslashga bilim yetishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi.
Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan
usullari qayd qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |