‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli vaziyat
bilish maqsadlari maxsus taqozo
qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida awal o'zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog'liq bo'la bermasligini ta’kidlash o'rinli bo'ladi. Yangi bilimlar awalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo'lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan obyekt (tushuncha, fakt)ning unga awal va ayni vaqtda m a'lum bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Shunday qilib, muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun awalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: • talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi; • vazifalami bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya’ni nima noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog'langan bo'ladi. Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u awalombor talabalaming mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablami tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o'quv muammosi shakllanadi. O'qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi. Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), noma’lum (ulami topish yangi bilimlami shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo‘nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Awalo talabaga noma’lum bo'lgan o'quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma’lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi awal egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo'lini izlashga tushadi. Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal kilinish usuli o'quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o'quv muammosi bo'la olmaydi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling