Ayrim hollarda o‘qituvchi talabalarda nafaqat qiziqish uyg‘otishi
kerak,
balki o ‘quv muammosini o ‘zi hal qilib qo‘ymasligi va
boshqa hollarda
talabalaming o‘quv muammosini yechishdagi mustaqil ishlariga rahbarlik
qilishi lozim,
natijada talabalarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati
shakllanadi hamda gipoteza qo'yish vauni isbotlash orqali yangi aqliy
harakat usullarini topadi hamda bilimlami bir muammodan boshqasiga
ko‘chirish ko‘nikmasini hosil qiladi, diqqat va tasawurlari rivojlanadi.
Talabalar muammoli o ‘qitish jarayonida muammoli vaziyatda o ‘quv
materiallarini idrok qilish orqali bilim va aqliy harakat usullarini o'zlashtirar
ekan, o'rganilganlarni mustaqil tahlil qilar ekan, gipotezalar qo'yish va
ulami isbotlash orqali o'quv muammolarini shakllantirar va yechar ekan,
bunda talabalaming intellektual faolligi ta’minlanadi.
Shunday qilib,
muammoli o'qitishning vazifasi, talabalar tomonidan
bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali
o'zlashtirishga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni
ijodiy qo'llash malakasini hosil qilish, bilish mustaqilligi hamda o'quv va
tarbiya muammolarini hal qilishdir.
O'quv jarayonining amaliy tahlili muammosi o'qitishning o'ziga xosligini
belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o'qitishning mohiyati, ta’lim
oluvchi tomonidan o ‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan axborotlami o'qituvchining
maxsus tashkil qilishidan iboratdir.
Muammoli o‘qitishni tasbkil etishning birinchi sharti
o ‘quv
axborotlarining takomillashib borishi tizimidir.
Muammoli o‘qitishning ikkinchi shartida
muammoli o ‘qitish amalga
oshiriladi va unda axborotning o‘quv vazifasiga tkazilishi vaqtida uni yechish
usulini tanlash imkoniyati ko'zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |