‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqichda
- Uchinchi bosqichda
Seminarning samaradorligi
albatta talabalami unga tayyorlash sifatiga bog‘liq. Ayniqsa, ma’ruza va axborot tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Talabalami seminarga tayyorlash bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Birinchi bosqichda 0‘qituvchi talabaning seminar mavzusini aniqlab beradi. Mavzuni tanlash va bo‘lg‘usi ma’ruza yoki axborotni tayyorlashda ularga nisbatan shunchaki o ‘qituvchi, talaba deb qaramaslik kerak, balki ulami seminarda muhokama qilinadigan mavzuning ahamiyatini, dolzarbligini Ckrlashga, o‘quv fanini keyinchalik muvaffaqiyatli egallash uchun uni chuqur o ‘rganishi lozimligini anglashga, bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatining hozirgi ijtimoiy, ilmiy muammolarini rejalashtira olish darajasiga olib kelish zarur. Bunda vaqtni tejash, tashkiliy ishlarni olib borishni jadallashtirish uchun talabalarga mavzu bo‘yicha adabiyotlarni, imkoni boricha, mavzulari, paragraflari va sahifalarini ko‘rsatgan holda tavsiya etish lozim. Talabalami ma’ruza va axborotlaiga tayyorlashning birinchi bosqichida uning mavzusi bo‘yicha referatning batafsil rejasini tuzish vazifasi yuklanadi. Ikkinchi bosqichda talabalami ma’ruza qilishga tayyorlashda o‘qituvchi u bilan birga referat rejasini muhokama qiladi, uning ayrim o‘rinlarini tuzatadi. Bu o‘z navbatida dastlabki fikrlarni tezlikda tuzatish, aniqlik kiritish, toMdirish imkonini beradi va u pirovard natijada bo‘lg‘usi ma’ruzaning sifatini oshiradi. Uchinchi bosqichda 0‘qituvchi talaba tayyorlab kelgan referatning mazmuni bilan tanishadi. Zaruriyat tug‘ilganda, unga savollar qo‘yish, talaba esa bu suhbatdan so‘ng tegishli tuzatishlar qilishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, shunday savollarni ham berish kerakki, talaba bu savollarga 0*7 chiqishida javob bersin. Ayni o ‘rinda talabaning seminarda ma’ruza qilish uslubi ham muhokama qilingani ma’qul. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, faqat ma’ruza bilan qatnashadigan talabalar bilan ishlab, boshqa talabalar nazardan chetda qolmasin. Balki guruhdagi barcha talabalar oldindan muhokama qilinadigan mavzular bilan tanish bo‘lishi, seminar mavzusi bilan aloqador leksiya va qo‘shimcha materiallar mazmuni ustida.ishlagan boMishi, mavzuga muvofiq ravishda olinayotgan bilimlami nazorat qilishga va mavzuni muhokama qilishga tayyor bo‘li&hlari lozim. Bunday seminar mashg‘uloti odatda muhokama qilinadigan mavzuning mohiyati va dolzarbligi leksiya materiali bilan bog‘lashni eslatish bilan boshlanadi. Shundan so‘ng talabalar o ‘rganilayotgan masalani muhokama qilishga faollashtiriladi, bilimlarini namoyish qila olishi aniqlanadi. Bu ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: yo qisqacha javoblar talab qiluvchi va oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollar bo‘yicha suhbat shaklida yoki tuzatish (korreksiya) test savollari asosida nazorat qilish orqali. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bu har ikkala bilimlami yuzaga chiqarish usuli tezkor usul bo‘lib, seminaming ushbu bosqichini o‘tkazishning muhim samarali sharti hisoblanadi. Talabalar bilimlarini yuzaga chiqarish jarayonida ulaming egallagan bilimi keyingi seminarlarda va muhokamalarda qatnashishlari uchun yetarli ekanligi aniqlanadi. Talabalarda muhokamadan so‘ng ham bilimlar yetarli bo‘lmasa, o ‘qituvchining bayoni orqali yoki talaba bilan individual suhbat shaklida tushuntiriladi. Ulardan qay biri samara bersa, shunisidan foydalanilgani ma’qul. Keyingi variant nisbatan samarali bo‘lishi mumkin. Bilimlar yuzaga chiqarilgan va ayrim tuzatishlar qilingandan so‘ng, talabalaming ma’ruza va axborotlar bilan chiqishlari tashkil etiladi. 0 ‘qituvchi talabaning materialni mantiqiy bayon qila olishini, uni bayon qilish usulini, talabalaming unga bo‘lgan e’tiborini kuzatib boradi. Ma’ruzaning mazmunini bayon qilish yoki muhokamaning borish jarayoni talabalami zeriktirib qo‘yganda yoki aksincha, undagi ayrim masalalaiga qiziqish kuchli bo‘lganda hamda uni muhokama qilish zaruriyati tug‘ilganda, hurmatini saqlagan holda ma’ruzachini biroz to ‘xtatib, seminami jamoa muhokamasiga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling