aksini topishi kerak»ligi masalasini dolzarb vazifa qilib q o ‘ydi.
«Iqtidorli»' deganda biror soha bo'yicha layoqatini ongli ravishda
sezgan, o'zidagi qobiliyatni to'la n a m o y o n etish uchun qat’iyat
ko'rsata oladigan kishilar tushuniladi. Iqtidorli odam lar kuch-
quw atini ayamaydi va kutiladigan natijasiga maqsadiga etadi, ya’ni
o'zini bor bo'yich a ko'rsatadi.
U lar ishda mardlik, chidam lilik, o 'z -o 'z in i boshqara olish ,
tashabbuskorlik kabi hislat va fazilatlarga ega bo'lishadi, o 'z xatti-
harakatlariga ham isha tanqidiy ko'z bilan qaraydilar, d o im o olg'a
qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib
qolishm aydi. Iqtidorli insonlar o 'z faoliyatlari bilan hatto ba’zi
bir kamharakat bo'lgan katta iste’dod egalariga nisbatan ham
jamiyatga ko'proq foyda etkazishadi.
Xodimlarni qabui qilish madaniyati.
Tadbirkor o'z navbatida
rahbardir. U xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo'lishi lozim .
Chunki xodim larni qabul qilish, ularning tashvishlariga quloq
solish, og'irlarini engil qilish har bir rahbarning burchi va vazifasi
hisoblanadi. Shuning uchun ham qabul m adaniyatiga rioya qilish
uchun rahbar quyidagilarga e ’tibor berm og'i lozim:
— suhb atdoshingizni qancha vaq tin giz borligi to 'g'risid a
ogohlantiring;
— faqat suhbatdoshingiz gaplarini inobatga olib, vaziyatni ko'z
oldingizga kekiring;
— to'xtatib bo'lm aydigan, uzil-kesil m unozaradan o 'zin g izn i
tiying;
— o 'z fikringizni ishonchli va batafsil bayon eting;
— o 'z g'oyangizni izchillik bilan bayon eting;
1 Iqtidorli tushunchadan farqii o'laroq, «iste’dod» tushunchasi ham bor.
Iste’dod — bu har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas
qobiliyatdir. Qobiliyat, iqtidomi tinimsiz mehnat bilan tarbiyalash mumkin.
Ammo iste’dod iborasi buyuk siymolar bilan faxrlanadigan avlod farzandlari
orasida biror iste’dod egasi bo‘y ko'rsatib qolganda tilga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |