Sifat bilan ko'rsatkichni e ’tibordan chetda qoldirmaydi. M ehnatni
aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga erishadi. 0 ‘zining qobiliyatiga
obyektiv baho bera oladi. Kadrlami tanlashda, ish jarayonida
tanish-bilishchilikka emas, asl mutaxassislarga suyanadi.
Qisqa xulosalar
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy
asoslariga bog'liq bo'lm ay, u insonlar, q o ‘l ostida xizm at qiluvchi
mutaxassislar va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari biznes-
menlar doirasida um um axloq iy
m e ’ y o r l a r g a
rioya qilishi bilan
ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan k o ‘prog‘i
uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini
qay darajada bilishiga bevosita bog'liqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan boshqaruv
uslublarini takom illashtirishni talab etadi. Boshqaruv uslublari,
asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat
qiladi. Ular m ohiyati va maqsadiga ko‘ra tarbiyaviy, m oddiy-
rag'batlantiruvchi va m a’muriy-tashkiliy turlarga bo'linadi.
Boshqaruvda uzoq va yaqin muddatlarga mo'ljallangan rejalar
tuzish, qarorlar qabul qilish, ijrochilar o'rtasida ishlarni taqsim -
lash, qarorlar ijrosini nazorat qilish, ijrochilam i rag'batlantirish
rahbar zim m asidadir.
N azorat va muhokumu uchun savollar
1. Biznesda boshqaruv psixologiyasining mazmuni va mohiyati nimada?
2. Boshqarish san’ati deganda nimani tushunasiz?
3. Tadbirkor rahbar faoliyatining boshqarish san’atidagi xarakterli
xususiyatlar nimalardan iborat?
4. Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari nimada?
5. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatga tez erishadi?
6. Tadbirkor rahbar qanday talablarga javob berishi kerak?
7. Rahbarda qanday sifatlar mujassamlashgan bo'lishi darkor?
8. Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlar qaysilar?
9. Tadbirkor madaniyati deganda nimani tushunasiz?
10. Tadbirkor rahbar nizoli vaziyatlarda qanday yo'l tutishi lozim?
Adabiyotlar
1.
Karimov I.A.
Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqamiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 2010-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo'ljallangan eng muhim ustuvoryo‘nalishlarga bag1 ishlangan O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi m a’ruzasi. / / Xalq so‘zi,
2011-yil 22 yanvar.
2.
Karimov I.A.
Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir/IAKarimov. Toshkent: « 0 ‘zbekiston»,
2010.80-b.
3. O 'zbekiston Respublikasining Statistik Axborotnomasi 2010.
Toshkent-2011.
Do'stlaringiz bilan baham: