‘z b e k is t n r e s p u b L ik a s I o L iy V a ‘r t a m a X su s t a ’l im V a z ir L ig I u r g a n c h d a V l a t u n IV e r s it e t I


-Mavzu. Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/57
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1582791
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
YaDA dasturi Geografiya yonalishi uchun 2022-2023

1-Mavzu. Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
“Geografiya o‘qitish metodikasi” fani, predmeti, tadqiqot ob’ekti. Fanning maqsadi va 
vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi. 0 ‘quv fanining boshqa tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi.
2-Mavzu. Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va
rivojlanishi tarixi
0 ‘rta Osiyoni Rossiya bosib olgunga qadar bo‘lgan o‘qitish tizimi. Mustamlaka davrida 
geografiya o‘qitish metodikasi rivojlanish “Rus-tuzem” maktabalarining ochilishi va ularda 
geografiyaning o‘qitilishi. 1900 yillarda ochilgan “Yangi usul” maktablari va ularda geografiya 
fanining o‘qitilishi. F. Karimiyning geografiya darsligi. 1900-1915 yillarda yaratilgan 
geografiya darsliklari. Muhammad Amin Karimiyning 1914-yilda chop etilgan “Jo‘g‘rofiyai 
riyoziy” risolasining ahamiyati. A.Donish, Furqat, M. Behbudiy, Xoji Yusuf Xay’atiy, 
Avloniylaming geografiya ta’limiga qo‘shgan xissalari. Sobiq Ittifoqda o‘zbek maktablarida 
geografiya ta’limi.
Mustaqillik yillarida geografiya ta’limidagi tub o‘zgarishlar. 9 yillik ta’lim, akademik 
litsey, kollejlarda geografiya ta’limidagi o‘zgarishlar. Mustaqillik yillarida yaratilgan 
geografiya darsliklari. Horijda geografik ta’lim.
3-Mavzu. 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar, umumta’lim tizimi geografiyasining mazmuni,
tarkibi.
0 ‘rta maxsus, kasb-hunar, maktablarda geografiya o‘qitishning maqsadi. Geografiyani 
o‘qitishni ta’limiy, tarbiyaviy, bilish qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati. Geografiya ta’lim


maqsadlari va mazmunining dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar, ta’lim vositalari va ta’limni 
uslub va usullari bilan bog‘liqligi.
4-Mavzu. 0 ‘qitish metodlari
Geografiya 
ta’limida 
qo‘llaniladigan 
metodlar 
tasnifi. 
Geografiya 
ta’limida 
qo‘llaniladigan metodlarning o‘mi va roli.
Bilim olish manbalariga ko‘ra metodlar tasnifi. Didaktik maqsadlarga ko‘ra metodlar 
tasnifi: xulosa chiqarishga ko‘ra metodlar tasnifi. Fikrlash faoliyatiga ko‘ra metodlar tasnifi. 
Izohli-ko‘rgazmali, repreduktiv, muammoli bayon, qisman izlanuvchan, tadqiqot metodlari. 
Vaqt o‘tishi bilan metodlarning o‘zgarishi. Metodlarga qo‘yiladigan talablar.
Geografiya ta’limida darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Darslik bilan ishlash 
bilim olishning manbai ekanligi. Darslik bilan ishlash turlari; darslik matni bilan ishlash, reja 
tuzish; darslikdagi rasmlar, xaritalar, jadvallar, chizmalar bilan ishlash; darslikdagi mashq
topshiriqlar bilan ishlash. Qo‘shimcha adabiyotlardan mustaqil bilim olish yo‘llari.
Og‘zaki bayon usullari. Hikoya tushuntirish, suhbat, ma’ruza va o‘qib berish kabilar. 
Ularni farqlari, xususiyatlari, turlari. Suhbat. Savol-javob (katexezik) suhbat. Keng ko‘lamdagi 
(eviristik) suhbat. Savol-javoblarga qo‘yiladigan talablar. Didaktik maqsadiga ko‘ra turlari.
Xarita bilan ishlash. Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan xaritalarga tasnif. Xaritalarni 
tushunish, bilish, o‘qish va solishtirish. Tabiiy va iqtisodiy xaritalarni o‘qish . Globus bilan 
ishlash metodlari.
Tabiiy xaritalar bilan ishlash. Shartli belgilarini o‘qish. Relef xaritasini o‘qish. Iqlim 
xaritasini o‘qish. Tuproqlar xaritasini o‘qish.
Iqtisodiy xaritalarni o‘qish. Shartli belgilarini o‘qish. Agroiqlim resurslari xaritasini 
o‘qish. Qishloq xo‘jaligi xaritasini o‘qish va AQSh yoki Yaponiya xaritasini o‘qish.
Globus bilan ishlash. Globusning o‘ziga xos xususiyatlari. Globusda kordinatlarni, 
masofalarni o‘lchash.
Geografiya darslarida xarita va globus bilan ishlash. Kuzatish va tajriba usullari. Amaliy 
va mustaqil ishlar.
Geografiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Geografiya o‘qitish 
metodikasi; geografiya, pedagogika, didaktika va psixologiya fanlari bilan chambarchas 
bog‘langan. Geografiya o‘qitish metodikasi geografiya orqali geografiya fanlari va fundamental 
fanlar bilan bog‘liqligi. Geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil qilishi. 
Geografiya ta’limida boshqa fanlardagi ilg‘or tajribalami qo‘llash.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling