‘z b e k is t n r e s p u b L ik a s I o L iy V a ‘r t a m a X su s t a ’l im V a z ir L ig I u r g a n c h d a V l a t u n IV e r s it e t I


-mavzu. Aholining yosh-jinsiy tarkibi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/57
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1582791
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Bog'liq
YaDA dasturi Geografiya yonalishi uchun 2022-2023

5-mavzu. Aholining yosh-jinsiy tarkibi.
Aholining yosh xaqida tushuncha. Asosiy yosh guruhlari va yosh klassifikatsiyasining 
geografik xususiyatlari. Mehnat faoliyati va reproduktiv qobiliyati bo‘yicha aholining asosiy 
yosh guruhlari. Aholi yosh guruhlarini aniqlovchi omillar. Aholi yosh guruhlarini iqtisodiy 
geografik o‘rganish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar. Aholi yosh tarkibining asosiy turlari: 
progressiv, statsionar, regressiv. Aholi yosh tarkibi va aholi takror barpo bo‘lish o‘rtasidagi 
bog‘liqlik. Dunyo mamlakatlari aholisini yosh tarkibi bo‘yicha tiplari: “yosh” va “qari” 
mamlakatlar. Aholi yosh-jins tarkibi piramidasi va uni tuzish printsiplari. Aholi qarishining 
mohiyati. Aholi qarishining o‘rganishning asosiy mezonlari. BMTning aholi qarishi mezonlari. 
Aholi qarish jarayonini iqtisodiy geografik o‘rganishning yangicha yondoshuvlari.
Aholi jins tarkibi va tuzilishi. Aholi jins tarkibi shakllanishidagi omillar. Aholi jinsiy 
tarkibiga ta’sir etuvchi omillar. Dunyo mamlakatlari aholisi jins tarkibidagi geografik farqlar. 
Aholi yosh-jinsiy tarkibining demografik va hududiy jihatlari. Aholi jins tarkibini o‘rganishdagi 
asosiy ko‘rsatkichlar.
6-mavzu. Aholining irqiy tarkibi
«Irq» haqida tushuncha. Insoniyatning katta yevropoid, mongoloid, negroid, avstroloid va 
ko‘p sonli mayda irqlardan tarkib topganligi. Sof va aralash irqlar, ularning antropologik 
farqlari. Irqlar kelib chiqishining biologik asoslari. Irqlararo munosabatlar. Irqiy va etnik 
birliklar nisbati. Dunyo mintaqalari bo‘yicha aholining irqiy tuzilishi.
7-mavzu. Aholining etnik tarkibi
«Etnos», «elat», «millat», «xalq» tushunchalari. Xalqaro milliy munosabatlar. Yirik va 
kichik tillar va millatlar. Ko‘p millatli, ikki millatli va bir millatli mamlakatlar, milliy-etnik 
jarayonlar: konsolidatsiya, assimilyatsiya, integratsiya, ularning jahon siyosiy-ijtimoiy hayotida 
tutgan o‘mi. Dunyo mamlakatlari aholisining etnik tarkibi. Til oilalari. Til oilalarining 
geografik tarqalishi. Xalqlarning tili bo‘yicha guruhlanishi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling