Tovarlarni yakuniy narxdagi logistikaga
ketadigan xarajatlari
ulushining yuqori boMishi shuni ko‘rsatadiki, moddiy oqimlami
boshqarishni
optimallashtirish
orqali
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning ko‘rsatkichlarini yaxshilash mumkin.
Moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondoshuvni qo‘llash
iqtisodiy samarasining asosiy tarkibiy elementlarini ko‘rib chiqamiz
Ishlab chiqarish va muomala
sohasida logistik yondoshuv
quyidagi samarani beradi:
-
moddiy oqim harakati y o ‘lida zaxiralar hajmini kamaytirish;
- tovarlarni yetkazib berish vaqtini qisqartirish;
- transport xarajatlarini kamaytirish;
- qo‘l mehnati xarajatlarini kamaytirish.
Yevropa sanoat assotsiatsiyasining m a’lumotlariga ko‘ra,
moddiy oqimning monitoringi moddiy zaxiralarning 30-70% ga
qisqarishini ta’minlaydi.
Zaxiralami optimallashtirishning ahamiyatini
yana quyidagilar
bilan asoslash mumkin:
- ishlab chiqarish va muomala sohasidagi korxonalarda zaxirani
saqlash-yillik xarajatlari o ‘rtacha zaxira narxining 25-30% ini
tashkil etadi;
- zaxira saqlash va boshqaruv apparati
xarajatlari hamda tovar
buzilishi
yoki
o ‘g ‘irlanishi
oqibatida
ko‘riladigan
logistika
xarajatlari umumiy tuzilmasining 50% ni tashkil etadi;
- korxona aylanma kapitalinig ko‘p qismi, odatda,
zaxiralarga
sarflanadi (korxona butun aktivlarining 10 dan 50% gacha qismini);
- zaxiralarni saqlab turish xarajatlari umumiy ishlab chiqarish
xarajatlarining 25-30% ni tashkil etadi.
Logistikani qo‘llashdagi navbatdagi
iqtisodiy samara tovarni
logistik zanjirdan o ‘tish vaqtining qisqarishi hisobiga ta’minlanadi.
Bugungi kunda omborga joylashtirish,
ishlab chiqarish operat-
siyalari va yetkazib berishga sarflanadigan umumiy vaqt xarajat-
larida bevosita tovarning o ‘zini ishlab
chiqarishga sarflanadigan
vaqt o ‘rtacha 2-5% ni tashkil etadi.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, 95%
dan ortiq vaqt logistik
operatsiyalarga to‘g ‘ri keladi. Ushbu foizni kamayishi kapital
aylanishini
tezlashtirishga, shunga muvofiq bir birlik vaqtga to ‘g ‘ri
129
keladigan foydaning ortishiga hamda mahsulotning tannarxini
kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: