Tayanch iboralar: Osiyo mamlakatlarida ta’lim-tarbiya, Xitoy maktablarida ta‘lim,. Yaponiya,
O‘qituvchi va tarbiyachilarning maoshlari davlat tomonidan tayinlanadi . Ta’lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat turuvchi vazirlikdir . Unga davlat bir yilga 29,6 milliard gulden mablag‘ sarf etadi . Bu davlat byudjetining 17 foizidir . Bu davlatning yer yuzida nufuzli o`rin olishida uning taraqqiy etgan ta’limi juda qo‘l keladi .
Yaponiya ta’lim tizimlarining yuksak parvozi o‘z-o‘zidan bo`lgani yuk .Uning xam o‘ziga xos inqirozi va muammolari bo‘lgan . Bularni to‘liqroq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va maorif taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga nazar tashlash maqsadga muvofiqdir .
Yapon ta’lim tizimining mumtoz shakllanishi 1867-1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan isloxotlarga borib taqaladi . Bu xukmdorning o‘z oldiga ko`ygan ilk qat’iy shiori bo`lib , biri «Fukkoki kioxsi» - boyish , mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish , ikkinchisi esa
«Siokusan kogio»-ilg‘or G‘rab ishlab chikarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi . Meydzi ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta’lim tizimlarini tubdan o‘zgartirish va yangilashda deb hisoblardi .
Yaponiya yuksak ilmiy qudratga ega mamlakatdir .U dunyoda ta’limni rivojlantirishga mablag‘ sarf etishda AQShdan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Mamlakat ilmiy izlanishlarga xususiy sektorni qo‘shib xisoblaganda , umumiy fanni rivojlantirishga ajratilgan mablag`ning beshdan to`rt qismi ajratilmoqda . Keyingi 10-15 yilda tabiatshunoslik va texnologiya soxasidagi oliy o‘quv yurtlari rivojlantirildi , bunga ilmiy izlanishlarga mo`ljallangan mablag‘ning qariyb 60 foizi sarf etiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |