Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishda
Buxoro amirligidagi madaniy hayot va tarixshunoslikning xalqimizning madaniyati
va ma’naviyatidagi ulkan bir qadriyat sifatida baho beriladi. Ishda XVIII -XIX
asrlardagi amirlikdagi madaniy hayot va tarixshunoslik masalalari kabi masalalar
o‘rganiladi va tegishli xulosa, fikr va mulohzalar beriladi.
Ishning nazariy-metodologik asoslari. Bitiruv malakaviy ishda
O‘zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining ustuvor maqsad va
vazifalari g‘oyaviy asos qilib olindi. Bu yangi ilmiy konsepsiya xalqning milliy
qadriyatlari, urf-odati va turmush tarzini, to‘plangan bilimlari va hayotiy falsafasi
bilan uni boyitib, o‘rganilayotgan muammoning barcha qirralarini yangicha
baholash mezoni asosida ishlab chiqish imkonini beradi. SHuningdek,
o‘rganilayotgan muammoni to‘g‘ri hal etishda ilmiylik, xolislik, tarixiylik, qiyosiy
va tanqidiy o‘rganish, tizimlilik tamoyillariga amal qilindi. Tadqiqotning
metodologik asosini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.
Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlarida ilgari surilgan uslubiy, ilmiy-nazariy
ko‘rsatmalari muhim rol o‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |