8
I BOB. BUXORO AMIRLIGI MADANIY HAYOTI VA UNING
TARAQQIYOTI XUSUSIYATLARI.
I.1. Buxoro amirligida madaniy hayotining umumiy tavsifi va me’morchilik
Buxoro davlatida XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mang‘it
sulolasining namoyandalari hukmronlik qilgan. Buxoro amirligi mang‘itlar davri
tarixi turli mahalliy manbalar va ilmiy adabiyotlarda yoritilgan. Bu sulolaning
asoschisi Muhammad Rahimxon ibn Hakimbiydir. U 1756 yilda rasman Buxoro
taxtiga o‘tiradi
1
.
1756 yili Abdumo‘minxon vafotidan keyin sayidlar, xo‘jalar va ruhoniylar
tarafidan Muhammad Rahimxon Buxoroda xon qilib ko‘tarilgan bo‘lsa ham, u
o‘zini “noib ul-hukumat” - hokim o‘rinbosari deb bilgan. Rahimbiy
Abufayzxonning qiziga uylangan edi. 1758 yilda Muhammad Rahim 45 yoshida
vafot etgandan so‘ng, taxtga amakisi Miyonqol hokimi Doniyolbiy mang‘it (1759-
1784) o‘tiradi. U xonlikka da’vo qilmay, avval Fozil to‘ra ibn Norbo‘ta biyni
(Rahimxonning qizidan nevarasi), keyin Abulg‘oziyni (1758-1784) xon qilib o‘zini
ularga noib deb e’lon qilgan. Doniyolbiyning hukmronligi boshlarida unga ayrim
viloyat beklari va qabila boshliqlari qarshilik ko‘rsatadilar. Doniyolbiy umrining
oxirigacha mahalliy hokimlarning separatchilik harakatlarini bostirish uchun
kurashlar olib bordi. U 27 yil Buxoro taxtida hukmronlik qilib, 75 yil umr ko‘rgan.
Uning katta o‘g‘li SHohmurod (Doniyolbiyni o‘n ikkita farzandi bo‘lgan) 1785 yili
Buxoroda “amir ul-mo‘minin” unvoni bilan taxtga ko‘tariladi. Ayrim mahalliy
tarixchilar amir SHohmurod hukmronligi davrini ijobiy baholaganlar.
Amir SHohmurod vafotidan keyin amir Haydar, amir Husayn, amir Umar,
amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxon Buxoro amirligida
hukmronlik qilganlar. Oxirgi amir Olimxon 1920 yil sentyabrida taxtdan tushiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: