Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
“Sibizg`a” Qadimuy milliy-an`anaviy cholg`u. Sibizg`a qamishdan
166 yasalgan nay turidagi cholg‟u bo`lib, uning kelib chiqishi Surxondaryo vohasidagi cho`ponlarga borib taqaladi, yani sibizg`aning yaratuvchilari cho`ponlardir. Uning ikkinchi nomi, xalq orasida ―Sibiziq‖ deb ham yuritiladi. Sibizg`aning 3-4 ta teshik-bosuvchi pardalari bor. Sibizg`aning ijrochilari asosan xalq orasidan chiqqan bo`lib, ular tomonidan yaratilgan zibizg`a kuylari ustozdan-shogirdga, og`izdan-og`izga o`tib bizgacha yetib kelgan. Sibizg`aning ovozi juda yoqimli va jarangdor bo`lib, uni eshitgan odam ruhan tetiklashadi va kayfiyati ko`tariladi. Sibizg`a cholg`u sozi hozirgi vaqtga kelib Surxondaryo viloyatida qayta tiklanib, takomillashnirilib, samonaviy kuylarga moslashtirilib keng ijro etilmoqda. Bu cholg`uda yaratilgan ―Sibiziq kuy‖ nomi bilan keng ommalashgan. “Do`mbira” Do`mbira torli-tirnama o`zbek xalq milliy-an‘anaviy cholg`u sozidir. Dutor tuzilishidagi Do`mbirada ipak yoki ichakdan qilingan ikkita tor bo`lib, bu torlar ko`proq kvarta oralig`ida sozlanadi. Do`mbira dastasiga boglangan yoki doimiy pardalar bo`lmaydi. Do`mbirada baxshilar o`z dostonlariga jo`r bo`ladilar. Do`mbiraning tuzilish shakli, dastasi, ikkita tor tikilishi va nihoyat, chalinishi bilan, Dutorni eslatadi. Do`mbiraning torlari Dutordek kvartya, ba‘zan kvintaga sozlanadi, lekin sozning aniq balandligi ijrochining sozlashiga bog`liq bo`ladi. Do`mbirada kuyning qanday ijro etilishi mahoratidan kelib chiqqan holda har bir do`mbirachi ijro etayotgan asarning emotsional obrazli holatiga-xarakteriga bog`liq. O`zbek Do`mbira kuylarida asosan ‖Cho`poncha‖ asari musiqa jihatidan ajralib turadi. ―Kelinoyi‖ kuyi esa lirika jihatidan, ya‘ni yumshoq, mayin va ijrochilik xususiyatiga boy bo`lishi bilan boshqa turdagi Do`mbira kuylaridan farq qiladi. Bu kuyda ladli, ifodali, ya‘ni tuli balandlikda bo`lgan tovushlarning o`zaro aloqasini, betakror tovushlarning bir tonikaga intilishini, o`zaro bog`liq tovushlar tizilmasini kuzatish mumkin.‖ Qo`ng`irot‖, ―Laqay‖, ―Baxshi kuyi‖ kabi asarlarida asosan baxshining o`ziga bog`liq bo`lib qoladi. Bu kuylada Do`mbira dostonlarga aylanib ketga ba‘zi bir aniq dalillarni o`z ichiga oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling