Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`sh zarb
- Bilak zarb
- Intervallar
163 Glossariy Yakka zarb - Bu zarb tovush chiqarishning eng oddiy usuli bo`lib, noxunni rubob simiga yuqoridan pastga qarata dona-dona urish bilan bajariladi. Qo`sh zarb - Bu zarb noxun bilan rubob simini yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga bir tekisda urish bilan bajariladi. Zarbi parron - Bunda asosiy tovushni uni oldiga turish qo`shimcha qisqa tovush bilan qo`shib (forshlag) chalish ko`zda tutiladi. Zarb qo`shimcha tovushda yuqoriga qarata va asosiy tovushda pastga qarata uriladi. Rez - Bu zarb noxun bilan simga oldinma-ketinlik bilan past va yuqoriga tez zarb berishga (tirillatish) orqali amalga oshiriladi. Teskari zarb - Bu zarb sinkopali ritm harakteriga ega bo`lib 1,4, 7-zarblar urg`u (aksent) bilan chalinadi. 1, 3, 4, 6, 7-zarblar pastga, 2, 5, 8-zarblar esa yuqoriga uriladi. Bilak zarb - Bunda noxunni simlar bo`ylab yuqoridan pastga sirg`atma bilan ( arpedjato) yuqoriga harakatlantirish nazarda tutiladi. Ufori zarb - ritmi o`zbek xalq raqslari uchun harakterli bo`lgan ritmdir. Ufor zarb asosan ikki usul bilan ijro etiladi. Aplikatura - Ijrochilikdagi muhim elementlardan biri aplikatura prinsiplarini ongli tushunish va uni puxta o`zlashtirishdan iborat. Intervallar - Bir vaqtda yoki ketma-ket olingan ikki tovush oralig` Iinterval deb ataladi. Qochirim - oddiy va murakkab melizm. Bezaklar - forshlag turlari. Bitratma - trellar turlari. Sayqal - mordentlar turlari bo`lib bitratmadan tomomila farq qiladi. To`lqinlashtirish - (vibrator) deyarli barcha xalq cholg`ulari va ashula ijrochiligiga uchun xos. Nolish - yarim tongacha bo`lgan o`ziga xos yirik bidratma. 164 Molish - barmoqni bir tovushdan ikkinchi tovushga ohista sirg`altirish usuli. Kashish - yarim ton doirasida amalga oshiradigan bezak usuli. Ajam - Arablardan tashqari xalqlarning musiqasi. Bozgo`y - maqom cholg`u kuylarida (tasnif, tarje‟, va boshqa) o`zgarmay takrorlanuvchi kuy tuzilmasi. Buzruk-buyuk, katta, o`n ikki maqom tizimi va Shashmaqomdagi maqomning nomi. Gardun - falak gardishi, taqdir, qismat; ―Shashmaqom‖ cholg`u bo`limidagi muayyan qism va doira usuliningnomi. Mushkilot- qiyinchiliklar; ―Shashmaqom‖cholg`u kuylari bo`limining umumiy nomi. Tasnif-xona va bozgo`y kuy tuzilmalari asosida ishlangan mukammal shaklli cholg`u asari. Download 6.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling