Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi


Download 6.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/50
Sana06.09.2023
Hajmi6.74 Mb.
#1673450
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
cholg\'u ijrochiligi

“Tor” - sakkiz raqamiga o`xshatib yog`ochdan o`yilgan kosasiga 
uzun dasta o`rnatiladi. Kosa ustiga teri qoplanadi. Dastaga 22-23 ta 
ichak parda bog`lanadi. 
Ilgarigi torlarda 17-19 pog`ona tovushqatorda bog`langan pardalar 
bo`lgan. Hozirgi tor esa 12 pog`onali tovushqatorga ega. Torda uch 


173 
jyft asosiy tor va ikkita qo`shimcha tor bor. Ozarbayjon torining 
notalari yozilishiga nisbatan kichik sekunda past tovush beradi. 
Sozlanishi – eshitilishi bo`yicha birinchi oktavadagi Lya, ikkinchi 
oktavadagi Re-diyez, kichik oktavadagi Re-diyez, birinchi oktavadagi 
Sol‟-larga. Torning umumiy uzunligi 800-900 millimetr bo`lib, uni 
yakka holda, ansamblda va orkestrda chalinadi. 
“Ud” - yunonlarning Lirasi kabi Sharq xalqlarida mashhur bo`lgan 
cholg`u sozidir. Qadimiy musiqa nazariyalari, musiqa haqidagi asarlarda 
tor va tuzilishini Ud cholg`u sozi asosida tushuntirilgan. Udning milodiy 
I asrda ham mavjudligi aniqlangan. XVII asrda yashagan olim Darvishali 
Changiy o`zining risolasida Ud – cholg`u sozlarining podshosi deb 
ta‘kidlaydi. Chunki uning mayin, muloyim, yoqimli tovushi, ovoz 
hajmining kengligi, o`sha davrdagi boshqa cholg`u sozlaridan ajralib 
turar edi. Darvishalining yozishicha, udda 12 juft sozlanuvchi ipak tor 
bo`lgan. Hozir Ud Arman, o`zbek, tojik xalq sozandalari orasida 
qo`llanilib kelinadi. 
“Chang” – O`rta Osiyo xalqlarining qadimiy urma cholg`u sozi. 
Sadosi baland bo`lgani uchun ilgarilari faqat cholg`u kuylarni ijro 
etishda ansamblga qo`shganlar, chunki, davomli jaranglovchi sadosi 
ashulani buzgan. Changning unisonga sozlangan uchtadan tori bo`lib, 
ovoz hajmi katta oktavadagi Sol‟- dan ikkinchi oktavadagi Vi-ga 
qadardir. Ilgari xalq o`rtasida qo`llangan Changning tovushqatori 
diatonik tartibda bo`lgan.
Notalar eshitilishiga nisbatan, oktava yuqorida, skripka kalitida 
yoziladi. Changni rezinka qoplangan maxsus ingichka cho`p bilan urib 
chalinadi. XVII asrda musiqa olimi Darvishali Changiy Changning juda 
qadimiy 
cholg`u 
asbobligi 
va undan 
kasallarni 
davolashda 
foydalanilganligini yozib qoldirgan. Hozirda Chang qayta ishlanib, 
tovushqatori xromatik, ya‘ni yarim tonlik qilingan. 


174 

Download 6.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling