Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kamoncha”
“Dutor kontrabas” - dutorning juda katta qilinib ishlangan turi,
uning to`rtta tori bo`lib, bular kvarta bo`yicha: to`rtinchi tor kontr oktavadagi Mi, uchinchi tor kontroktavadagi Lya, ikkinchi tor katta oktavadagi Re va birinchi tor katta oktavadagi Sol‟-larga sozlanadi. Ovoz hajmi kontr oktavadagi Mi-dan kichik oktavadagi Lya-ga qadardir. Notalar bas kalitida, eshitilishiga nisbatan oktava yuqoriga yoziladi. “Kamoncha” – g`ijjak, skripka va bularning turli shakldagi katta-kichik xillarida tovush chiqazish vositachisi – smichokdir. Kamoncha yog`ochiga ot dumining qili tortiladi va unga kanifol surtiladi. “Karnay” – o`zbek puflama musiqiy cholg`u sozi bo`lib, misdan yasaladi. Uzunligi ikki metrdan oshiqroq. Karnay bayramlarda, tantanali marosimlarda surnay, nog`ora, doiraga qo`shilib chalinadi. Karnayda asosiy tovushdan yuqori sof kvinta yoki kichik septima intervali chalinadi. “Parda” - musiqa cholg`u sozlarining ma`lum balandlikdagi tovushlarini olish uchun chap qo`l barmoqlari bilan bosiladigan o`rin. Parda dutor, tanbur, rubobda ichak, metall yoki yog`ochdan yasaladi. 171 Changda esa, parda uriladigan torlardir. Parda – dutor, tanbur, rubobga o`xshash cholg`u sozlarda dastaga bog`lanadigan, qo`y ichagidan qilingan ipdir. “Rubob” - Osiyoning ayrim xalqlari va o`zbeklar o`rtasida qadimdan keng tarqalgan torli-tirnama cholg`u sozidir. O`rta Osiyo xalqlariga nisbatan janubiy Xitoyning Sintsyan viloyatida yashovchi uyg`urlar o`rtasida keng tarqalgan turi Qashqar rubobi deyiladi. Rubob kosasi qazma, ya‘ni o`yilib, ustiga teri qoplangan, dastasiga ipak yoki ichakdan qilingan pardalar bog`lanadi. Rubobda beshta tor bo`lib, uchtasi ipak tor, ikkitasi sim tordir. Bulardan 5- va 4- torlar katta oktavadagi Lya-ga unison, 3-tor kichik oktavadagi Mi va asosiy melodik, 2- va 1- torlar kichik oktavadagi Lya-ga unison sozlanadi. Respublikamizda hozirgi vaqtda qo`llanilayotgan rubob qayta ishlanib, yarim pardalar asosida ishlangan va pardalar doimiy, surilmaydigan qilib yasalgan. Bu rubobdagi besh torning to`rttasi sim tor bo`lib, beshinchisi ichak tordir, kvarta bo`yicha 5- tor katta oktavadagi Si-ga, 4- va 3- torlar kichik oktavadagi Mi-ga unison, 2- va 1- torlar kichik oktavadagi Lya-ga unison sozlanadi. Ovoz hajmi katta oktavadagi Si-dan ikkinchi oktavadagi Lya-ga qadardir. Rubob notalari eshitilishiga nisbatan oktava yuqorida skripka kalitida yoziladi. Download 6.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling