Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021


Download 0.6 Mb.
bet89/108
Sana14.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1267294
TuriУчебник
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   108
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA ma\'ruzalar matni zo\'ri shu maydalash kerak

Birinchi jihat – muayyan kasbni tanlash uchun zarur motivasiyani aniqlash va shakllantirish. Bunda shaxsiy qiziqishlar tanlagan kasbning ijtimoiy mavqe, uning iqtisodiy manfaatdorligi va nihoyat kasbning shaxs bilimlari bilan muvofiqligi kasb tanlashga ta’sir qiladi. Motivasiya mehnat va kasbiy ta’limning o‘zida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois kasb tanlash vaqtida ularni o‘z vaqtida aniqlash va korreksiyalash muhim sanaladi. Motivasiya aynan shu kasbda faoliyat yuritishda shaxsiy qiziqishlarni ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida ushbu faoliyatdagi dastlabki ijobiy ustanovkalarni belgilab beradi.
Ikkinchi jihat kasb tanlashning psixofiziologik omillarni talab qilmaydi, lekin shu bilan bir qatorda u yoki bu mutaxassislik bo‘yicha faoliyat yuritayotgan shaxsga turli darajadagi kuch va vaqt talab etiladi.
Kasbiy tanlovning uchinchi jihati – shaxsning stressga barqarorligini tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning o‘zi yo‘q. Har qanday kasbda tezkor va nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yuzaga kelishi mumkin. Ta’lim dasturlarida ko‘pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish joylarida xodimlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta’minlaydi.
B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv tavsifnomasini yetarli darajada ta’minlab beruvchi qator uzviy bosqichlarni qamrab oladi.
Birinchi bosqichda ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik xususiyatlari baholanadi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu faoliyatni o‘rganish yoki ishlab chiqilgan me’yoriy talablar va ish yurituvchi hujjatlar, ko‘rsatma, texnologik xarita, o‘quv dasturlari, ma’lumotnomalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichda muayyan ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi
Faoliyatni o‘rganish asosida ushbu mutaxassislik bo‘yicha nomzodga qo‘yiladigan talablar tizimi ishlab chiqildi:
-tibbiy talablar (sog‘liq holati, umumiy tibbiy ko‘rsatkichlar);
-talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi);
-xarakterologik talablar (xarakter va shaxs xususiyatlari, motivasiya);
-psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya tezligi, emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va boshqalar)

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling