Kuzatuvchanlik – shaxsning kuzata bilish qobiliyatidan iborat individual xislati.
Kasbni tasvirlash – mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarida muayyan kasbni texnologiya va psixologik jihatidan tasvirlashdan iborat tekshirish metodi.
Kasb kasalligi – muayyan kasb sohasidagi psixik yoki shu kasbning ko‘pchilik vakillariga xos bo‘lgan kasallik.
Kasb tanlashga yo‘llash – pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi.
Kasbga tayyorgarlik – muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatini ta’minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga yega bo‘lishlik.
Kasbga layoqatlilik – shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini ko‘rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‘indisi.
Kasbga xos diqqat – ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va ob’ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi.
Kasbga tegishli ma’lumot – mehnat faoliyatining ma’lum bir sohasi uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va odatlar tizimi.
Kasbga xos zararliklar – mehnat va ishlab chiqarish sharoitlarining odam organizmi hamda ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar yig‘indisi.
Kasbga qiziqishlar – shaxsning ma’lum bir kasbga nisbatan doimiy va barqaror motivlashtirilgan qiziqishidan iborat individual xususiyati.
Kasbiy malakalar – ishlab chiqarish faoliyatining ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan xatti-harakatlar yig‘indisi.
Kasbiy xotira – bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalarni fikr hissiyot, harakatlarni yesda qoldirish, mustahkamlash va yesga tushirishdan iborat xotira turi.
Kasbga xos odatlar – ma’lum bir kasb vakillari uchun tipik hisoblangan odatlar.
Kasbda ishlashni to‘g‘ri tanlash- shaxsni muayyan kasbda ishlash uchun qabul qilishda uning shu kasbning ob’ektiv xususiyatlariga to‘g‘ri keladigan jismoniy va psixik sifatlarini hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |