Mutaxassislik imtixonlari – mutaxassis sinovlarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish ta’lim natijasida o‘quvchilarning olgan maxsus nazariy bilimlarini tekshirish uchun o‘tkaziladi.
Mehnat psixologiyasi – psixologiyaning mehnat faoliyatining psixologik muammolarini o‘rganuvchi sohasi.
Mehnat madaniyati – mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga doir bilimlar, malakalar va odatlar tizimidan iborat individual xislat.
Malakalarning ko‘chishi – muayyan faoliyat sohasida hosil qilingan malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat qonuniyat.
Melanxolik -nozik dilli,hissiyotga o`ta berilgan, o`z ichki dunyosiga va kechinmalariga e`tiborli. Bunday insonlar orasida san`atga qobiliyatlilar ko`p uchraydi. Ulardan ajoyib rassomlar, yozuvchi va shoirlar etishib chiqadi. Murakkab va nizoli vaziyatlarda harakati sust, tezkor vazifalarni hal etishda asabiylashadi va tez toliqadi.
Mustaqillik – shaxsning muayyan aqliy, axloqiy yoki amaliy masalalarni hal qilishida ayniqsa murakkab vaziyatni baholash va maqsadga muvofiq yo‘lni tanlashda o‘zining mustaqil fikrlari, tamoyillari hamda ye’tiqodiga yega bo‘lishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Maqsadga intiluvchanlik – shaxsning o‘z xatti-harakatlarini barqaror hayotiy maqsadlarga bo‘ysundira olishida, maqsad yo‘lida hamisha tayyor, qat’iy bo‘lishida ifodalanadigan xarakter xislati.
Odamovilik – odamlaraga qo‘shilmay, ko‘pchilik yoqtirmay, yakka holda yashashni afzal ko‘rishdan iborat salbiy xarakter xislati.
Odat – kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning funksional yehtiyojiga aylanib ketgan harakatlardan iborat individual xislati.
Osoyishta tip – nerv tizimining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari teng hamda o‘rtacha kuchga yega bo‘lgan tipi.
Passivlik – atrofdagi narsa va hodisalarga, kishilarga nisbatan befarq munosabatda bo‘lishdan va jismoniy yoki psixik faoliyatsizlikdan iborat holat.
Do'stlaringiz bilan baham: |