Sub’ekt – ob’ektiv dunyoni biluvchi uni o‘zining yehtiyoj va qiziqishlariga moslab o‘zgartiruvchi odam, ongli mavjudot.
Talant – muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat, turmush jarayonidan tarkib topgan individual xususiyat.
Temperament – shaxsning yemotsional qo‘zg‘aluvchanligi va harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig‘indisi.
Talabchanlik – shaxsning o‘z-o‘zining va o‘zgalarning hulqini muayyan ob’ektiv tamoyillarga bo‘ysundira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Toliqish – organizmning jismoniy va aqliy zo‘riqish, salbiy yemotsiyalar ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan hamda ish qobiliyatining pasayishi bilan sifatlanadigan holati.
Tantiqlik – arzimagan narsalarga ham injiqlik qilaverishdan iborat salbiy xarakter xislati.
Tajriba -keng ma’noda kishilarning tashqi dunyo bilan o‘zaro munosabatida amaliy, ayniqsa, moddiy ishlab chiqarish jarayonida to‘plangan ijtimoiy amaliyotning butun yig‘indisi.
Uyatchanlik – asossiz tortinchoqlikda ifodalanadigan xarakter xislati.
Unumli mehnat – bevosita moddiy boylik ishlab chiqarishga qaratilgan mehnat.
Faoliyat – inson hayoti uning voqelikka nisbatan faol munosabatning ro‘yobga chiqish shakli.
Faoliyatni optimallashtirish – mehnat qilish o‘qish uchun yeng qulay sharoitlar, psixologik imkoniyatlar yaratish yo‘li bilan muayyan faoliyatning samaradorligini orttirish.
Flegmatik temperament – sekin kuchsiz va barqaror yemotsional qo‘zg‘aluvchanlik bilan tavsiflanadigan individual xususiyat.
Xarakter xislati – ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topgan shaxsning xatti-harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlar yig‘indisi.
Xalollik – shaxsning o‘z burchi va ye’tiqodlariga nisbatan sadoqatida atrofdagi borliqqa hamda kishilarga vijdonan munosabatda bo‘lishida ifodalanadigan axloqiy sifati.
Do'stlaringiz bilan baham: |