Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021


Download 0.6 Mb.
bet102/108
Sana14.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1267294
TuriУчебник
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA ma\'ruzalar matni zo\'ri shu maydalash kerak

Psixoterapevt – ruhiy kasalliklar shifokori.
Psixonometr – gazlarni suyultirilgan holatini o’lchovchi qurilma.
Psixotronniy – inson ongiga ta’sir etuvchi modda.
Tashkiliy psixologiya – biznes, faoliyatni tashkil etish va boshqarishning psixologik asosi.
Iqtisodiy psixologiya – ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy aloqalarning psixologik asoslari.
Psixobiologiya – biologiya fani qarashlaridan foydalanib, psixologik tahlil berish.
Psixodrama – psixoterapiyada qo’llaniladigan, sun’iy ravishda yaratiladigan vaziyatlar orqali insonning ruhiyatini davolash usuli.
Psixologik tavsifnoma1 – odamni asosan psixik jihatdan sifatlab beriladigan hujjat.
Psixologik tavsifnoma2 – ma’lum bir kishining aqliy, axloqiy irodaviy sifatlarning qiziqishlari, dunyoqarashi, ye’tiqodi, shuningdek individual psixologik xususiyatlari xarakteri, temperamenti, qobiliyati va iste’dodlari ob’ektiv ravishda tasvirlab yozilgan shaxsiy hujjat.
Prinsipiallik – haqqoniylik va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z qarash hamda ye’tiqodlarini qat’iy turib, himoya qilishdan yoki so‘z bilan ishning birligidan iborat ijobiy xarakter xislati.
Rostgo‘ylik – har qanday sharoitda ham haqiqatni aytish, chin gapirish, haqqoniyat yuzasidan ish tutishdan iborat ijobiy xarakter xislati.
Sangvinik temperament- shaxsning tez kuchli, lekin beqaror yemotsional qo‘zg‘aluvchanligi va psixik jarayonlari bilan sifatlanadigan individual xususiyati.
Samimiylik – atrofdagi kishilar bilan munosabatda sofdillik vijdonlilik tariqasida ifodalanadigan shaxsiy sifat.
Simpatiya – biror narsaga yoki shaxsga nisbatan ichki moyillik ishonchdan iborat yemotsional holat.
So‘rovnoma metodi – muayyan ruhiy hodisani o‘rganish maqsadida tuzilgan savollarga yozma ravishda tegishli javoblar olinadi.
Suhbat metodi – psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlaridan biri bo‘lib, tekshiruvchi va teshiriluvchi o‘rtasidagi savol-javob tariqasida ro‘y beradi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling