Professiogrammani tajribada tekshirish – mehnat psixologiyasida muayyan kasbga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni yeksperimental ravishda tekshirib ko‘rish.
Professiogramma – muayyan kasbdagi faoliyat uchun zarur bo‘lgan psixologik funksiyalar ro‘yxati.
Psixik charchash – psixik funksiyalarning haddan tashqari kuchli yoki mutassil ishlashi natijasida ular ish qobiliyatining vaqtincha qismat yo‘qolishidir.
Psixolog – psixologiya mutaxassisi, psixologiya sohasida ilmiy tekshirish ishlari olib boruvchi yoki o‘qituvchilik qiluvchi shaxs.
Psixologiya – psixologik ta’limot, ruhiyatni o’rganuvchi fan, psixik og’ish, kasalliklarni o’rganuvchi fan.
Psixogramma – muayyan kasb yoki ixtisos sohasiga xos bo‘lgan yeng muhim shaxsiy sifat va xususiyatlarning yozma yoki jadval tarzda ifodalanishi.
Psixotexnika – psixologiyaning asosan mehnat psixologiyasi amaliy masalalarini o‘rganuvchi sohasi.
Psixosteniya – ruhiyatni bo’shashib og’ishgan holati.
Psixotriya – tibbiyot sohasi bo’lib, ruhiy kasalliklar bilan shug’ullanadi.
Psixoanaliz – psixologik nazariyaga asoslanib XIX-XX asrlarda avstriyalik nevrolog Zigmund Freyd tomonidan yaratilgan, psixologik buzilishlarni to’g’irlovchi usul.
Psixopatiya – kuchli iztirob tufayli ruhiy kasallikka chalinish.
Psixoz – qalban buzilish, holatni buzilishi.
Psixogenetika - hulq-ator genetikasi, psixikano nasl bilan bog’liq jihati.
Psixolingvistika – til, nutqning psixologik tahlili, tafakkur operatsiyalari.
Psixologizm – ruhiy kechinmalarni chuqurlashgan ifodasi, mantiq va matematik tafakkurning kesishishi.
Psixomimetika – turli kimyoviy tasirlar natijasida kelib chiqadigan ruhiyatning buzilishi.
Psixomatika – psixik jihatlarni o’lchash, tadqiq etuvchi fan yo’nalishi.
Psixonevroz – surunkali ruhiy nevroz holati.
Psixopad – ruhiy og’ish holatidagi inson.
Do'stlaringiz bilan baham: |