Mehnat malakalari – mehnat faoliyatining ma’lum bir sohasiga doir avtomatlashgan mustahkamlangan harakatlar.
Mehnasevarlik – mehnatni xurmatlash uning har qanday turini bajarishga doim tayyor turishdan iborat xarakter xislati.
Mehnat qobiliyati – shaxsning muayyan mehnat turini muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlash uchun zrur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksional imkoniyatlari yig‘indisi.
Mahorat – muayyan foliyat sohasida mustahkam bilimlarga yuqori darajada uddlash qobiliyati va malakalarga yega bo‘lishdan iborat shaxsiy sifat bo‘lib, ishini yuksak va miqdor ko‘rsatkichlr bilan tez bajarishdan iborat ixtisos darajasi.
Mashq – ma’lum bir aqliy yoki jismoniy harakatlarni ularni puxta yegallash va sifatini yaxshilash maqsadida ongli ravishda bir necha bor qayta bajarishdan iborat takrorlash jarayoni.
Motivlar kurashi – shaxsning oldida bir yemas bir qancha maqsadlar mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan yeng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y beradigan ikkilanishdan iborat holat.
Muhandislik psixologiyasi – psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirni tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Malakalarning regressi – ma’lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Mutaxassis – shaxsning muayyan kasbga nisbatan yaroqlilik darajasi, tayyorgarlik saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.
Mutaxassislik tavsifnomasi – muayyan kasb yoki mutaxassis ishchilari mehnatining mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablarining bayoni.
Mutaxassislik sinovlari – o‘quvchilar ishlab chiqarish ta’limining to‘liq nazariy va amaliy kursini tamomlagandan keyin, ularning kasb bo‘yicha olgan bilim va malakalarini tekshirish ularga ta’rif ixtisos darajasini berish uchun o‘tkaziladigan tadbir.
Do'stlaringiz bilan baham: |